Fermer xo’jaligida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni iqtisodiy baholash. Reja : Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati


Download 130.62 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi130.62 Kb.
#1016233
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fermer xo’jaligida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni iqtisodiy baholash.


Fermer xo’jaligida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni iqtisodiy baholash.
Reja :
1. Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
3. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari.


1. Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.

Chorvachilik - mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalariga boy bo‘lgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go‘sht, sut, tuxum - aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lib, ularsiz oziq moddalarga bo‘lgan talabni qondirib bo‘lmaydi. Chorvachilik sanoat uchun jun, teri, go‘sht, sut kabi xomashyo yetkazib beradi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga shart-sharoit yaratiladi.


Chorvachilik tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ta’minlaydi. Bu esa tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik yurik tarmoq bo‘lib, o‘z navbatida hayvonlar turlari va yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
- qoramolchilik;
- qo‘ychilik;
- parrandachilik;
- cho‘chqachilik;
- yilqichilik;
- mo‘ynachilik;
- asalarichilik va boshqalar.
Qoramolchilik chorvachilik tarmoqlari tarkibida alohida ahamiyatga ega. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari – sut va go‘sht bilan ta’minlaydi. Ularning terisidan esa ko‘p turdagi charm mahsulotlari tayyorlanadi. Boshqa turdagi chorva mollari bilan taqqoslaganda, qoramollar yuqori sut mahsuldorligiga ega. Bundan tashqari, qoramollar ratsioni tarkibiga kiruvchi ozuqalar ham boshqa turdagi chorva mollari ozuqasiga nisbatan ancha arzon bo‘lib, asosan dag‘al xashak iste’mol qiladi.
Qo‘ychilik ham chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, go‘sht, jun, teri, qorako‘l teri, sut va boshqa mahsulotlar beradi. Mamlakatimizda 2019-yil holatiga 20846,2 ming gektar yaylovlar mavjud bo‘lib, ushbu yaylovlarda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjuddir.
Parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor, samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan tarmoqlaridan biridir. Parrandachilik aholini to‘yimli parhez oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta’minlaydi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e’tibor berilmoqda. Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur va me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tashkil etilmoqda.
Bizga ma’lumki, hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari tomonidan ko‘p miqdorda don yetishtirilmoqda, masalan, 2018-yilda jami yetishtirilgan donning 89,7 foizi fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan. 2018-yilda fermer o’jaliklari tomonidan 5155,9 ming tonna don yetishtirildi. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, g‘alla hosildorligi gektaridan 30 sentner bo‘lganda don va somon nisbati 1:1, 40, hosildorlik 50 sentner bo‘lganda esa 1:0,9, 50-70 sentnerdan oshsa 1:0,8 ni tashkil etadi. 2018-yilda mamlakatimizda fermer xo’jaliklarida don hosildorligi gektaridan 37,0 sentnerni tashkil etgan. Demak, mamlakatimizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 2018-yilda 7217 ming tonnadan ortiq somon yetishtiriladi. Kuzgi bug‘doyning 1 kg somonida 0,20 ozuqa birligi, 8 gramm atrofida protein mavjud. Chorva mollari uchun bunday somon yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ushbu ozuqalardan samarali foydalanish uchun fermer xo‘jaliklarida ham chorvachilikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun respublikamiz hukumati chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar bermoqda.
Aholini zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Aholi soni ko’payishi va sanoat korxonalari quvvatlarining oshishi chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabning o’sishiga olib kelmoqda. Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini rivojlantirish kerak. Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e'tibor berish lozim. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari asosan dehqon xo’jaliklarida yetishtirilmoqda. Bu esa chorvachilik mahsulotlari yetishtirish jarayonini mexanizatsiyalashtirish, naslchilik ishlarini ilmiy asoslangan holda tashkil etish, ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Bu masalani hal etish uchun chorvachilik sohasiga ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish, fermer xo’jaliklarida ham chorvachilikni rivojlantirishga, bu jarayonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e‘tibor berish zarur.

Download 130.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling