Fikrlash malakalarini rivojlantirishda oiladagi kitobxonlik va ajdodlar merosining o‘rni
Download 43.41 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUVCHI TAYANCH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA AJDODLAR MEROSI VA KITOBXONLIKNING O‘RNI
- Kalit so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O‘zbekiston” 2016-y -56-b. 2. Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b. 3. Sh.M.Mirziyoyev. “Qonun usutuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovoniligining garovi”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -48-b 4. Temirovna O. L., Chorievna R. L. Methodology to organize independent work of students in mathematics lessons in primary school //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 10. – С. 387 O‘QUVCHI TAYANCH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA AJDODLAR MEROSI VA KITOBXONLIKNING O‘RNI Buxoro viloyat Vobkent tumani 37-maktab fizika fani o`qituvchisi Ravshanova Gulnoza Bahodirovna Annotatsiya: Мaqolada o‘quvchilarning tayanch kometensiyalarini shakllantirishda kitob hamda farzand tarbiyasida kitobxonlikning roli, oila muhitining asosiy vositasi sifatida ahamiyat kasb etishi haqida gap boradi. Kalit so‘zlar: bilim, kitob, kitobxonlik, fikrlash malakalari, kitobxonlik madaniyati, rivojlantirish usullari, namuna bo‘lish, ifodali o‘qish, suhbat, o‘yin, turli tanlovlar. Brief abstract. The article analyzes the role of books and reading in the development of children's thinking skills, ways to develop a culture of reading in the family: role models, expressive reading, conversation, interest in books through play. Keywords: knowledge, book, reading, thinking skills, reading culture, methods of development, role modeling, expressive reading, conversation, game, variouscompetitions. “Bola tug‘ilgan kunidan boshlab, oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’ana, qadriyatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglab, his qiladilar,” deb ta’kidlagan edi mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Haqiqatan ham oila a’zolarining savodxonlik darajasi, ularning kitobga munosabati bola qalbida kitobxonlikning asoslari nish urushiga sababchi bo‘ladi. Zero, o‘qish ya’ni mutolaa bola hayotiga mustahkam kirib borishi uchun bolalikning ilk pallasidan tayyorgarlik ko‘rish zarur: u birinchi so‘zni mustqil ravishda o‘qishdan oldin, - onasi, otasi, buvisi, bog‘cha murabbiysining mutolaasini tinglash, ya’ni badiiy obrazlar go‘zalligini his qilishi kerak. Maktabda o‘quv fanlarining o‘rganilishi, darslarning o‘zlashtirilishi sinfdan tashqari o‘qishga bog‘liq. Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy qismini kitobxonlar o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, ularsiz ta’lim va tarbiya to‘liq bo‘lmaydi. Shu bois kutubxonalar ta’lim va tarbiya jarayonida muhim ijtimoiy masalalarni hal etishga ko‘maklashadi. Biroq ochiq tan olish kerakki, umumiy o‘rta ta’lim tizimida ham, kutubxonalar faoliyatida ham o‘quvchilarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha yetarlicha ishlar amalga oshirilmagan. Atrofga qarab o‘z-o‘zimga savol beramiz: Hozirgi yoshlar kitob o‘qirmikin? To‘g‘rirog‘i: kitob o‘qishga vaqt toparmikin? Nima uchun o‘quvchilar badiiy kitob o‘qimaydi? - Internet va TV; - Kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni so‘ndiradigan holatlar; - Qiziqarli kitob borligini bilmaydi; - Oiladagi salbiy ta’sir; - Kitob o‘qish bo‘yicha topshiriqlarning kamligi; - O‘qigan kitobini uqmaydi; - Qiziqishiga doir kitoblarni izlashni bilmaydi; - O‘qigan asaridan ma’naviy ozuqa olishni bilmaydi; - Kutubxonachi imidjining shallanmaganligi; - Bolalar yoshi, qiziqishi va ehtiyojiga mos bo‘lgan kitoblarning kamligi. S. Sayyid aytganidek, bola “diliga nedur yuqtirsa”, adabiyot muallimi o‘z vazifasini ado etgan, adabiyot darslarining samarasi ta’minlangan bo‘ladi. Avvalo, oilaviy muhit bolani shu ahvolga solmoqda, deb xulosa chiqaraman. Noto‘g‘rimi? Sir emas: oilada ota-ona kitobxon bo‘lsa, bola ham kitobni sevib mutolaa qiladi. Navoiyning bolalik davrini eslang ota-ona taqiqlasa ham, sevgan asarini qayta-qayta o‘qib, yod olgani ayni haqiqat-ku?! Oilada farzandlar tarbiyasida ahamiyatli va muhim masalalardan biri bu oila muhitida bolalarni kitob o‘qishga o‘rgatish, ularni tom ma’noda kitobga oshno qilish masalasidir. Chunki farzandlar tarbiyasida badiiy adabiyotning roli beqiyos ekanligi hech kimga sir emas. Faylasuf Sitseron kitobi yo‘q xonadonni jonsiz tanaga o‘xshatgan edi. Uning fikricha, kitoblarga mashg‘ul bo‘lish – yoshlikda ma’naviy ozuqa beradi, keksalikda vaqtingni chog‘ qiladi, baxtiyorlikni bezaydi, baxtsizlikda boshpana va ovunchoq bo‘ladi, bolalarni vayrinkor va buzg‘unchi g‘oyalardan saqlashning muhim vositalaridan biri bu badiiy kitob mutolaasiga o‘rgatishdir. Qadimgi allomalardan biri Pifagor ta’kidlaganidek, bolalarimiz vaqti kelib qabrimiz ustida ko‘z yosh to‘kilishini istasak, bugun ularning ko‘z yoshlarini asrashimiz lozim. Yoki faylasuf Diogen aytganidek, otalar va farzandlar bir-biridan iltimos kutib turmasliklari aksincha, bir-birlarining ehtiyojlarini jonkuyarlik bilan qondirmoqlari va bundan birinchilik otalarga xos bo‘lmog‘i lozim. Shu o‘rinda insonning hayoti va turmushi, ayniqsa, yosh avlodning kamol topishida oilaning ham o‘rni vazifasi bor. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti aytganlaridek: “Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi”. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-hayo, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Hech bir inson tasodifan yaxshi odam bo‘lib qolmaydi. Unga, albatta, qo‘shimcha tarbiya kerak. Ota-ona, ustozlar, kattalardan, do‘stlardan tashqari insonga eng yaxshi tarbiya vositasi – bu kitob. Axborot asri hisoblangan bugungi kunda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishda axborot bilan ishlash kompetensiyasi: kitob, gazeta, jurnal va turli nashrdagi adabiyot bilan ishlash. O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: Mustaqil o‘qib o‘rganish, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirib borishda o‘zining shaxsiy imkoniyat, qiziqish va ehtiyojlaridan foydalanish. Milliy va umummadaniy konferensiyalar: millatimiz, mentalitetimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf-odatlarimizga mos ma’lumotlarni o‘zlashtirib borishga harakat qilishda kitob va kitobxonlikning o‘rni beqiyos. Bugungi kun o‘quvchisini kitobga oshno qilsakgina, o‘quvchida tayanch kompetensiyalarni to‘liq shakllantirishga erishgan bo‘lamiz. Zero, Chingiz Aytmatov aytganidek: “Kitoblar ajoyib xususiyatga egadir: sen ularni kashf etasan, ular esa seni…” Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Murodov M.M. Kitobsiz uy. Toshkent., G‘afur G‘ulom. 1889-yil. 2. Alisher Navoiy. Hayrat ul-Abror. Toshkent. 1998-yil 3. Ergashova Sh. Til va adabiyot ta’limi. 2017-yil.№17. 4. www.ziyonet.uz 5. www.google.com 6. www.wikipedia.org Download 43.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling