FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
19
4-курс
4-MA`RUZA
5-mavzu. Malakaviy ish mavzusiga bag’ishlangan masalaning o’rganilish
tarixini bayon qilishning ahamiyati. Tirli ko’chirma va kartochkalar.
Kartochka ustida ishlash.
Darsning o'quv maqsadi: materialni
bayon etish uslubi, til vosi- talari
tizimi - leksika,
grammatika, sintaksis; ilmiy matnlarning janr va turlari kabi
masalalar borasida bahs yuritish.
Tayanch so'z va iboralar: materialni bayon etish uslubi, formal- mantiqiy,
umumilmiy leksika, atama
leksikasi, ilmiy nazariy, ilmiy metodik, shartli til, janr
va turlar.
Ilmiy ishning uslubini aniqlashda avvalambor, materialni bayon etish
uslubiga asoslanish lozim. Bunga til vositalarni
tanlash va ular- ni nutqda
faoliyatda qo'llanishiga bog'liqdir. Mazkur nuqtai nazardan ilmiy matn tilining bir
qator xususiyatlari ajratiladi.
Ilmiy matnda bayon etish uslubi formal-mantiqiy, jamoaviy bo'lib, asosan
mulohazalardan iboratdir. Bu
mulohazalarning maqsadi borliq, voqelik dalillarini
o'rganish r.atijalarida aniqlangan haqiqatlarni isbot- lashdir. Bunda bitta holat
dastlabkidan
kelib chiqib, keyingi holatni an- glashga tayyorlashi lozim. Ilmiy
bayon emotsional hissiy idrokka emas, mantiqiy idrokka qaratiladi, shuning uchun
bu yerda hissiy ekspressiv vositalar bosh rolni o'ynamaydi, ular yordamchi vazifani
bajaradi.
Ilmiy matnningasosida umumiste’moldagi leksikayotadi,
bundan tashqari
atamalar, mavhum ma’noga ega so'zlar, yordamchi so'zlar va gap, uning qismlari
o'rtasidagi mantiqiy aloqalarni ta’minlab be- ruvchi so'zlar ishlatiladi.
Sinonimlarning keskin qisqarishi kuzati- ladi. Ilmiy matnda quyidagilarni farqlash
lozim: a) atama leksikasi (umumilmiy va maxsus); b) umumilmiy leksika; v) ilmiy
fikrni shak- llantiruvchi so'zlar. Umumilmiy atamalar umumiy tilda ko'p ma'noli
bo'lishi mumkin, ammo ilmiy tilda ular bir ma’nolidir. Maxsus so'zlar esa ham
umumiy ham ilmiy tilda bir ma’noga ega. Ilmiy fikrni shakl- lantiruvchi so'zlar -
bog'lovchilar, bog'lovchi so'zlar, ravish, kelishik - ot konstruksiyalar, kirish so'z,
so'z
birikma va gaplari, shaxssiz va shaxsi noaniq gaplardir. Ular quyidagilarga
bo'linadi:
1) mantiqiy kontekstni kirituvchi;
2) axborotni obyektivlik darajasiga tavsif beruvchi.
Bundan tashqari aniqlashtiruvchi so'zlar
ham ajratiladi - cheklovchi,
kuchaytiruvchi, ajratuvchi yuklama va ravishlar, asosiy ma'no yuklamasiga ega
dominant so'zlar yoki tayanch so'zlar. Tilning leksik
tasviriy ifodalash vosi-
talaridan ilmiy matn uchun qiyoslash eng ko'p qo'llaniladigan vositadir.
Ilmiy tilda ot funksional imkoniyatlarining kengayishi va aksincha fe’l
imkoniyatlarining torayishi kuzatilmoqda. Nisbatan uzun gaplar ustuvordir.