Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari


Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana02.04.2023
Hajmi1,58 Mb.
#1320983
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
Филологик тадқиқот 2019-2020

FILOLOGIK 
TADQIQOT ASOSLARI 
Page 21 
4-курс 
bo'lish, matn mo'ljallan- gan boig'usi auditoriyani ko'ra bilish, murakkab 
muammolar haqida ilmiy haqiqatni yo'qotmagan holda sodda, ishonchli va 
qiziqarli hikoya qilish mahoratini talab qiladi. Nihoyat, ommaviy matnning 
muallifi keng bilimga ega bo'lib, yozma nutqi yuqori darajada va hikoya 
qiluvchining alohida san’atiga ega bo'lishi lozim. Chunki u yoki bu fanning ichki 
chuqur mantig'i mutaxassis bo'lmagan kishiga noma’lumdir. Mazkur fanni 
ommalashtiruvchi fanning uslublari va obyektni tasvirlash metodlaridan 
foydalangan holda fanning joziba- dor, qiziqarli obrazini yaratmog'i lozim. 
Sof ilmiy tadqiqotlar tadqiq predmetlariga bog'liq ravishda ilmiy nazariy va 
ilmiy uslubiylarga bo'linadi. Tilshunoslikda ilmiy nazariy matnlarni tasvirlash 
predmeti sifatida tilni oladilar. Bu tilda uning xilma-xilligi - alohida til dalili yoki 
hodisasidan tortib, butun bashari- yat tillariga xos bo'lgan global qonunlarigacha 
ko'rsatiladi. 
Ilmiy-uslubiy ishlar tasvirlash predmeti sifatida tilni o'qitish jarayonini 
o'rganadi: o'qitishning uslub va metodlari, o'qitilayot- ganlarning idrok etish 
xususiyatlari, o'quvchi xulqining o'ziga xosligi, o'quv maqsadlarida til materialini 
talqin qilish uslublari, ilmiy-uslubiy ishlarning asosiy o'quvchilari, o'qitish 
muammolari bo'yicha mu- taxassislar va amaliyotdagi o'qituvchilardir. Bu borada 
o'qituvchining qo'lida mutolaa qilishning keng doirasi mavjud: uslubiy adabiyotni 
muntazam o'qishdan tashqari u o'zi olib borayotgan kurslarning mua- tnmolari 
bilan bog'liq bo'lgan nazariy adabiyot biian ham muntazam tanishishi lozim. O'z-
o'zidan ma'lumki, ilmiy nazariy adabiyot nazariy- otchi tilshunos uchun mutolaa 
qilishning doimiy predmetidir. 
Ilmiy-ommabop, ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy matnlar turli hajm- larda 
bo'lishi mumkin: kichik maqola yoki eslatmadan katta kitobgacha. 
Maqolalar yoxud maxsus to'plamlarda yoxud jurnallarda nashr eti- ladi. 
Maqola ilmiy ma’ruzaga yaqin, u konferensiya, simpozium, semi- narlarga taqdim 
etiladigan ilmiy asardir. Odatda, u o'qiladigan og'zaki variant va olimlarning 
mazkur uchrashuvi materiallarini o‘z ichiga ol- gan maxsus to'plamda nashr 
etiladigan yozma variantga ega. Maqola kichik shakllardan biri hisoblansada, 
uning hajmi va mazmuni borasi- dagi miqyosi juda ham yirik bo'lishi mumkin. 
Kattalik nuqtai nazaridan u 20, 30, 40 bet (ba’zida undan ko'p)dan iborat bo'lishi 
mumkin. Maz- mun jihatidan esa zamonaviy tilshunoslikning ko'plab yirik 
muammolari aynan maqolalarda, tilshunoslikning butun bir tarmoqlari aynan 
maqolalarda ifodalanib boshlanganlarini hisobga olsak, uning miqyosi- ni anglab 
olamiz. Ilmiy ommabop matnlar aksariyat hollarda broshyura ko'rinishida 
rasmiylashtiriladi, hajmi bo'yicha u kichik kitob va yirik maqola o'rtasidagi asardir, 
biroq u alohida nashr ko'rinishida chop etiladi. 
Hajmi bo'yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-nazariy yoki ilmiy-uslubiy 
ish monografiyadir. Monografiya bir muallif yoki tad- qiqotchilar guruhi 
tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishining jarayoni 
natijasidir.U alohida kitob tarzida nashr etiladi. Monografik turdagi tadqiqotlar 
qatoriga o'rganilayotgan muammo xarakteri va batafsilligi bo'yicha fan nomzodi 



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling