28. Nazariy manba haqida axborotning qanday turi lining bibliografik
tavsifiga kiritilmaydi?
A. Muallif/ mualliflarning ismi-sharifi;
B. Manba nomi va/yoki u joylashtirilgan nashr nomi;
V. Nashr ma’lumotlari (nashr joyfnashriyot, nashr etishyili, betlarsoni);
G. Ishning umumiy bahosi.
29. Agarda bibliografik ko'rsatkichda tavsiflanayotgan man- baning nomi
faqat
tadqiqot
obyektining
nomidan
iborat
bo'lsa,
bibliografik
ko'rsatkichning qanday unsurlari tadqiqot mavzusi yoki jabhasini hech
bo'Imasa gipotetik tarzda tahmin etish imkoniyatini beradi?
A. Tavsiflanayotgan ishni bosib chiqqan nashriyotga ko'rsatma;
B. Tavsiflanayotgan ish chop etilgan rubrika nomi bilan birgalikda bibliografik
ko'rsatkichning o'zining nomi (agarda u mavzuli bo'lsa);
V. Ishning janriga ko'rsatma (monografiya, xrestomatiya, ilmiy anjuman
ma’ruzalarining tezislari va hokazo];
G. Ishning hajmiga ko'satma.
30. Agar siz maqolalarning mualliflik to'plamida nashr etilgan maqolaning
to'liq chop etish ma’lumotlariga ega bo'lsangiz, mazkur ishga buyurtma
berish uchun kutubxonaning alfavit katalogidan nimani izlaysiz?
A. Mazkur maqola muallifining ism-sharifi va nomini;
B. Muallif ism-sharifi va butun to'plamning nomini;
V. To'plam nomini;
G. Mazkur to'plamni chop etgan ilmiy muassasa nomini.
31. Agarda sizga zarur bo'lgan ish biron-bir ilmiy tad- qiqot yoki o'quv
muassasasi tomonidan chop etiladigan ilmiy asarlarning seriya to'plamida
bo'lsa kutubxonaning alfavit kat- alogida nimadan izlashni boshlaysiz?
A. Muallifning ism-sharifini izlashdan;
B. To'plamning nomini izlashdan;
V. Mazkur to'plamni chop etgan ilmiy muassasaning to'liq nomini izlashdan;
G. Maqola nomini izlashdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |