Filologiya fakulteti 2 bosqich 021- 11guruh


Download 93.12 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi93.12 Kb.
#1468246
1   2   3   4   5
Bog'liq
КАХХОРОВА

Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida yurish-turishida, kishilarga bo‘lgan munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu voqealarga yondashishida va hokazolarda yaqqol bilinadi. Ba’zan hayotda didi past, ma’naviy qashshoq kishilarni uchratamiz. Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruhan zaifligini yashirish uchun soxta xatti-harakatlar qiladilar, o‘zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar, ma’nosiz shovqinsurondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar. Bundaylarni kuzatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot tashvishlariga beparvo, loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo‘lasiz.

  • Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida yurish-turishida, kishilarga bo‘lgan munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu voqealarga yondashishida va hokazolarda yaqqol bilinadi. Ba’zan hayotda didi past, ma’naviy qashshoq kishilarni uchratamiz. Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruhan zaifligini yashirish uchun soxta xatti-harakatlar qiladilar, o‘zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar, ma’nosiz shovqinsurondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar. Bundaylarni kuzatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot tashvishlariga beparvo, loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
  • ODOB VA NAFOSAT TARBIYASI
  • Donolardan biri go‘zallik axloq-odobning tug‘ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, bu juda to‘g‘ri ta’rif. Odatda odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas bog‘liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xattiharakat, go‘zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko‘rinadi. Xalqimiz: „Kamtarlik ham husn“, deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma’no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go‘zal, eng chiroyli belgisidir. „Kishining chiroyi yuzida“, deydi xalqimiz. Bir go‘zal tabassum kishilarga misoli quyosh bo‘lib, qalblarga iliq nur taratadi. Kishi biror asarni o‘qib, chehrasi yorishib ketadi.

Download 93.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling