Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan
Yo qoshingdin nccha bir oʻq koʻz tutay
Download 83.64 Kb.
|
2 5389062759562355867
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tigʻi ishqing yorasidur butmagan, Dardini har kimga aytib butmagan. Hajr sahrosidur ohim oʻtidan, Anda gul yoxud giyoh butmagan.
Yo qoshingdin nccha bir oʻq koʻz tutay,
Otki, oʻtrusigʻa oning koʻz tutay. Necha koʻrgach oʻzga mahvashlar qoshin, Yangi oy koʻrgan kishidek koʻz tutay. Ishqiy mazmunda bitilgan bu tuyuqda goʻzal yorning qoshi la'rifu tavsif etiladi. Undagi tajnis «koʻz tutmoq» fe'lining ma'no lovlanishlariga asoslangan. Birinchi misrada shoir ma'shuqaga: “Sening yoyday qoshlaringdan men tomonga oʻqlar otilishini inlizor kutaman», deya murojaat etgan. Bu oʻrinda «koʻz tutmoq» loʻli «kutmoq» ma'nosida ishlatilgan. Shu bilan shoir seviklisi unga tomon bir qosh qoqib qiyo boqishiga umidvorligini badiiy ifodalagan. Ikkinchi misrada shoir oʻsha fikrni mantiqiy davom ettirib: «Men kutayotgan oʻsha oʻqlarni ota qolgin, uning qarshisiga koʻzimni tutib bcraqolay, ya'ni sening bir qosh qoqib qiyo boqishingga koʻzlarim sadqa boʻlsin», deya majoziy ma'noda iltijo etmoqda. Bunda «koʻz tutay» fe'li «koʻzni tutib bermoq» ma'nosida qoʻllangan. Keyingi misralarda: «Qanchadan-qancha goʻzallaming qoshlarini koʻrganimda, xuddi yangi oy koʻrgan kishidek, qoʻlimni qoshim usliga qoʻyib, koʻzimni qoʻIim bilan panalab qarayman», degan mazmun mujassam. Bunda oshiq ma'shuqaga sadoqat izhor etmoqda. Ya'ni: «Koʻzimni boshqa yor nazaridan asrayman» demoqchi. Demak, bu oʻrinda «koʻz tutmoq» fe'li yanada oʻzgacha ma'no kasb etgan. Tigʻi ishqing yorasidur butmagan, Dardini ha'r kimga aytib butmagan. Hajr sahrosidur ohim oʻtidan, Anda gul yoxud giyoh butmagan. Oldingi tuyuqlar yor goʻzalligidan hayratlanib, oshiqona zavq-shavq tuygʻulari bilan uygʻun boʻlsa, ushbu tuyuq hijron dardi tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan. Undagi tajnisga «bitmoq» fe'li asos qilib olingan. llgarigi tuyuqlar vasf uslubida bitilgan boʻlsa, bunda izhor uslubi ustuvor. Ya'ni, lirik qahramon dardu holini izhor etmoqda. Tuyuqdan shunday mazmun anglashiladi: «Ey jafokor yor! Dardimni tinglab, ahvolimdan ogoh boʻlsang-chi. Sening muhabbating xanjari qalbimga solgan jarohat hanuzgacha bitmagan — tuzalgani yoʻq. Bu jarohat ogʻrigʻi — sevgi dardini har kimga aytaverib, haligacha bitira olmadim — tugatolmadim. Sening ishqing iztirobidan tortgan ohim olovidan shunday hajr sahrosi hosil boʻldiki, unda gul ham, giyoh ham bitmaydi — unib-oʻsmaydi». Bu tuyuqda «butmagan» fe'li «tuzalmagan», «tugamagan», «unib-oʻsmagan» ma'nolarida tajnis qilingan. Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakliy xususiyatlarini sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham qiyomiga yetkazgan. TUYUQLAR Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur, Yo magar shahdu shakar yolabdurur. Jonima payvasta novak otqali Gʻamza oʻqin qoshigʻa yolabdurur. *** Javr oʻqin jonimgʻa soqiy yozmadi, Vasl jomidin xumorim yozmadi. Kilki qudrat sabzxatlar ishqidin Oʻzga ish ollimgʻa goʻyo yozmadi. *** Yo qoshingdin necha bir oʻq koʻz tutay, Otki, oʻtrusigʻa oning koʻz tutay. Necha koʻrgach oʻzga mahvashlar qoshin, Yangi oy koʻrgan kishidek koʻz tutay. *** La’lidin jonimgʻa oʻtlar yoqilur, Qoshi qaddimni jafodin yo qilur. Men vafosi va’dasidin shodmen, Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur? *** Bovujud ul yuz erur gulgunasiz, Kim koʻrinur ollida gul gunasiz. Yuz qizilliq yoʻqturur, ey ahli zuhd, Toki munkirsiz mayi gulguna siz. *** Charx tortib xanjari hijron bu tun, Qoʻymadi bir zarra bagʻrimni butun. Tunga borib bizni behol aylading, Ne baloliq yor emish, yo rab, bu Tun?! Download 83.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling