Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Download 83.64 Kb.
bet4/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Aruz vaznidagi she'r shakllari
Aruz she'r tizimida ritmik birliklar. Barmoq vaznidagi misraning aruzda asosiy ritmik birlik boʻla olmaslik sabablari. Bayt (arabcha-uy) haqida tushuncha. Bayt aruziy ritmik birlik sifatida. Aruzda misra va bayt munosabatlari.
Bayt asosiga quriladigan she'r shakllari.
Tuyuq (turkcha-tuymoq, his qilmoq) — turkiy she'riyatga xos janr ekanligi. Tuyuqning qofiyalanish tartibi. Tuyuqda tajnis (jinsdosh-omonim soʻzlar)ning qoʻllanishi. Tuyuq vaznlari. Turk-oʻzbek tiliga xos boʻlgan vaznlardan ramal vazni bahrlarida tuyuqning koʻproq yozilishi. Lutfiy va Navoiy tuyuqlaridan namunalar.
Gʻazal (arabcha-ayollarga xushomad) — shaklan uch baytdan 19 baytgacha boʻlgan, oʻziga xos qofiya tizimiga asoslangan (a — a; b — a; v — a;...) she'r shakli ekanligi. Gʻazalning birinchi bayti matla' (arab-awal), soʻnggi bayti maqta' (arabcha-soʻnggi parcha) deb yuritilishi. Maqta'da she'r shoir taxallusining keltirilishi. azalni mazmuniga koʻra yakpora (voqeaband) va parokanda kabi turlarga ajratish mumkinligi.
Gʻazal V—VII asrlarda arab she'riyatida shakllangan janr boʻlib, X asrgacha qasidaning boshlanish (nasib) qismi sifatida ishlatilganligi. Fors va turk she'riyatida gʻazal taraqqiyoti. azalning fikriy-hissiy yoʻnalishiga koʻra orifona, rindona, oshiqona va boshqa turlarga ajratilishi. azalning mumtoz namunalaridan misollar keltirish.
Qit'a (arabcha-boʻlak) — hajman 2 baytdan 18 baytgacha boʻlgan she'r shakli ekanligi. Shakl va qofiya tizimiga koʻra matla'siz va maqta'siz gʻazal ekanligi. Qifaning mazmuniga koʻra turlari: orifona, rindona, oshiqona. Navoiy va Ogahiy qit'alaridan namunalar.
Mustazod (arabcha-orttirilgan)— gʻazalning bir raisrasiga ayni oʻsha vaznda yarim misra (ikki rukn) orttirilgan she'r shakli ekanligi. Mustazodning koʻpincha hazaj bahrida yaratilishi. Mustazodning gʻazal usulida qofiyalanishi. Mashrab, Chokar mustazodlaridan namunalar.
Qasida (arabcha-elchi) — Muayyan tarixiy voqea va shaxsni ulugʻ-lashga qaratilgan voqeaband she'r shakli ekanligi. Qasidaning ham gʻazal tartibida qofiyalanishi. Uning 13 baytdan kam boʻlmasligi. Qasida turlari, qasidayi holiya, qasidayi faxriya, qasidayi bahoriya, qasidayi xazoniya, qasidayi hajviya.
Soqiynoma (may quyuvchi) — odatda, soqiyga xitoban aytiladigan she'r shakli ekanligi. Bunda may, rand va soqiy obrazlarining ramziy ma'no tashishi. Soqiynomaning har baytda masnaviy usulida oʻzaro qofiyalanishi.
Masnaviy (arabcha-ikkilik) — har baytning ikki misrasi oʻzaro qofiyalanib keluvchi she'r shakli ekanligi. Masnaviyning ma'no va shakl imkoniyatlari kengligi. She'riy yoʻl bilan yaratilgan epik va liro-epik asarlar (doston, noma, masal va b.)ning masnaviy usulida yozilishi. Masnaviy vazni mutaqorib ekanligi.
Musammat — aruz vaznida misralardan tarkib topgan band asosiga quriladigan she'r shakli. Har bir she'r bir necha banddan tashkil topgani holda har banddagi misralar soniga qarab nomlanishi ham joriy etilganligi.
Murabba' (arabcha-toʻrt) — har bandi toʻrt misradan iborat she'r shakli ekanligi. Murabba'larning qofiyalanishi. Murabba' shaklining barmoq vaznida yoziladigan she'r shakllariga yaqinligi. Amiriy va Muqimiy murabba'laridan namunalar.
Muxammas (arab-besh) — har bandi besh misradan iborat boʻlgan she'r shakli ekanligi. Muxammasda ham barcha musammatlar kabi birinchi bandning oʻzaro qofiyadosh boʻlib, qolgan bandlarning soʻnggi misralari esabirinchi band bilan qofiyadosh boʻlib kelishi. Muxammasning ikki turi: sof muxammas va taxmis. Taxmis gʻazallarga bogʻlanadigan muxammas ekanligi.
Musaddas (arabcha-olti) — har bandi olti misradan iborat boʻlgan she'r shakli ekanligi. Musaddasning qofiyalanish tartibi. Muddasning ikki turi sof musaddas va tasdis. Tasdisning oʻzaro gʻazallarga bogʻlanadigan musaddas ekanligi.

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling