Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Koʻksimga qoʻyilgan bu boshni endi


Download 83.64 Kb.
bet3/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Koʻksimga qoʻyilgan bu boshni endi
Gohida koʻz qiyib, gohida qiymay
Va buning ustiga seni unutolmay
Yashash axir menga koʻp qiyin.
"Bora-bora sevib ketarman
Men erimni balki keyinroq",-
Degan xayol bilan yashaysan,
Mendan koʻra senga qiyinroq.
She’rni oʻqigan kitobxon lirik qahramonni - qaysidir sababga koʻra sevgilisiga yetisholmagan, endilikda oʻzining oilasida sokin va totuv umrguzaronlik qilayotgan, turmush oʻrtogʻini-da samimiy hurmat qiluvchi va ayni paytda sevgisini ham unutolmagan odamni tasavvur qiladi, oʻsha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechinmalarini qalbdan oʻtkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan real shoir teng emas, ya’ni, shu she’rni yozish uchun shoirning albatta sevgilisiga yetisholmagan va hamon oʻsha sevgisini qoʻmsab yashayotgan odam boʻlishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili shuki, siz, ya’ni she’rxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda tasvirlangandek hayotiy holatni real hayotda boshdan kechirmagansiz, faqat, Tolstoy aytmoqchi, qalbingizda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha qalblar imkoniyat tarzida yashaydi.
Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz. Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin boʻlgan she’rlar tushuniladi. Ya’ni, avtopsixologik she’rlarda shoir oʻz qalbiga murojaat kiladi, oʻz-oʻzini ifodalaydi. Agar avtopsixologik lirikaga mansublik uchun shoir shaxsiyati va lirik qahramon orasidagi yaqinlik(aynan moslik emas)ni kifoya deb qarasak, u holda lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik xarakterga egaligi ma’lum boʻladi. Shoir shaxsiyati bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq koʻrinib turgan she’rlarni ijroviy lirika deb yuritamiz. Bu xil she’rlarning ijroviy lirika deb nomlanishiga sabab shuki, ularda shoir oʻzga shaxs ruhiyatiga kiradi, goʻyo uning rolini oʻynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi. Shuni yodda tutish lozimki, mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va h.) bularning har biriga birdek singishib ketaveradi (ya’ni, avtopsixologik lirika ham, ijroviy lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, siyosiy va h. boʻlaverishi mumkin,). Ma’lumki, lirik asarlar asosan she’riy nutq shaklida yoziladi, biroq "she’riy asar" va "lirik asar" tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy adabiyotda she’riy yoʻlda yozilsa-da lirikaga aloqador boʻlmagan asarlar ham mavjud. Shuningdek, lirik asar odatan hajmining kichikligi, vaqt hissining "hozir"ligi, asosan monologik nutq shakliga va koʻproq konfliktning ichki turiga (boshqa konflikt turlari genetik jihatdan ta’sir qilgani uchun asarda juda kam ifodalanadi, ifodalanganda ham bilvosita namoyon boʻladi) egaligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Lirik turdagi asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos xususiyatlarni qisman oʻziga singdiradi. Jumladan, lirik asarda voqelikka oid tafsilotlar (epik element) juda kam boʻlib, ular kechinmani ifodalash, uning omillarini koʻrsatishga yetarli miqdordagina olinadi. Ya’ni, oʻrinda asosiy me’yor — fragment tarzida olingan epik elementlarning lirik qahramon holatini tasavvur qilish uchun yetarliligi. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos voqeabandlik, dramatik asarga xos dialogik holatlar, oʻziga xos "sahna" yaratish hollari ham uchraydi. Biroq har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni, lirik asar uchun voqeani yoki "sahna"ni tasvirlash maqsad boʻlolmaydi, ular vosita xolos.
Ma’lumki, klassik she’riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turgʻun janrlar (gʻazal, ruboiy, qasida va b.), shuningdek, xorijiy adabiyotlardan oʻzlashgan turgʻun she’riy shakllar (sonet, rondo, tanka, xokku va b.) hozirgi she’riyatda, xususan, oʻzbek she’riyatida ham oz boʻlsa-da qoʻllaniladi. Buning ustiga adabiyotshunos faqat hozirgi adabiyotni oʻrganish bilan cheklanmaydi, u, ayniqsa nazariy masalalarni oʻrganish va xulosalar chiqarish jarayonida, umuman jahon adabiyoti materialiga tayanadi. Shunga koʻra, oʻzbek she’riyatida qoʻllanilgan she’riy janrlarni, bizningcha, tubandagicha janr turlariga ajratish mumkin:
1) shakl xususiyatlariga koʻra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: gʻazal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar.
2) anjumanga moʻljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lugʻz);
3) xorijiy adabiyotlardan oʻzlashgan janrlar: sonet, xokku, tanka, oktava, oq she’r, epigramma va h.;
4) hozirgi she’riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning koʻrinishlari sifatida meditativ lirika va intellektul lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika.
Hozirgi she’riyatda qoʻllaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz adabiyotdagidan farqli oʻlaroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. Jumladan, avtopsixologik she’r deganda biz lirik qahramon va shoir shaxsiyati munosabatidan kelib chiqamiz.
Avtopsixologik she’rlarning bir koʻrinishi sifatida olingan meditativ lirikaning predmeti shoir koʻnglidirki, bunda shoir koʻnglidan kechayotgan oniy kechinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va tushuntirish mushkul tuygʻular ifodalanadi (shu bois ham hozirda buni "koʻngil she’riyati" deb atamoqdalar). Umuman lirikaga xos boʻlgan lirik meditatsiya (hissiy mushohada, his-tuygʻuga yoʻgʻrilgan mushohada) meditativ she’riyatning asosini tashkil qiladi.
Shoirning mavjudlikning konkret masalasi - hayot va oʻlim, inson taqdiri yoki fe’l-atvori, jamiyat va h. masalalar haqidagi mushohadasi asosiga qurilgan she’rlar intellektual lirika namunasi sanaladi. Intellektual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki, birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr oʻtib borar misoli ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator she’rlari intellektual lirika namunasi sifatida koʻrsatilishi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir oʻzga shaxs ruhiyatiga kirib, oʻzganing tilidan mushohada yuritadi, natijada oʻsha oʻzga shaxs she’rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda yuqoridagilarga shuni qoʻshimcha qilish joizki, 60-yillardan boshlab, ayniqsa, 70-80-yillar she’riyatida tarixiy shaxslar tilidan yozilgan ijroviy she’rlarning koʻpayishi kuzatiladi. Bu narsa, bir tarafdan, milliy oʻzlikni anglashga intilishning boshlangani bilan, ikkinchi tarafdan, bu xil she’rlarning "soʻz aytish"ga nisbatan kengroq imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron "Abulhay soʻzi" nomli she’rida olis XY asrda yashagan musavvir Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolgʻonga asoslangan san’at, hayotni bejab koʻrsatadigan san’at haqidagi fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini koʻndalang qoʻyadi. Shunindek, Rauf Pafining "Muktibdoh", "Turkiston yodi" U.Azimning "Brut" she’rlarida ham tarixiy shaxslar ruhiyatiga koʻchish holati kuzatiladi.

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling