Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Download 83.64 Kb.
bet6/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Kitobat — arab alifbosidagi harflar shaklidan lirik va epik timsollar tizish san'ati ekanligi. Kitobat san'ati namunalarining XIV—XV asrlar she'riyatida keng qoʻUanilganligi. Ogahiy va Furqat gʻazallarida kitobat san'atining faol qoʻUanishi.
Muvashshah (arabcha-bezalgan) — gʻazal yoki muxammas janrida (goho masnaviy) yozilgan asarlarning har baytidagi bosh harflarni oʻzaro tutashtirganda biror shaxs yoki hodisaning ismi berilishidir. She'rda yashiringan ismga oʻsha asar bagʻishlanishi, mabodo bagʻishlanmasa, intizom bed atalishi. Muvashshah san'atining muammo zamirida paydo boʻlganligi.
Tazod (arabcha-qarshi qoʻymoq) — oʻzaro zid tushunchalarni ifo-dalovchi soʻzlarni qoʻUash orqali she'r mazmundorligini oshirish san'ati ekanligi. Qarshilantirish san'atining komil shakli zohiriy emas, balki fikriy qarshilik asosiga qurilishi.
Mazkur she’rda lirik qahramon ruhiyatidan oʻtkazib berilgan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, oʻy-fikrlari oʻz aksini topgan. Lirik qahramon oʻzini asirlikdagi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu sezimni kuchaytirib ifodalaydi. She’rning kuchi shundaki, lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati oʻquvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, shu kayfiyat asosida koʻnglidan kechinmalar buhronini, ongidan oʻy-fikrlar oqimini oʻtkazishga imkon beradi. Aslida shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini chizishgina emas, shu bois u konkret manzarani hissiy boʻyoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she’rlarning bir koʻrinishi, xolos. Zero, biror narsa yoki hodisani tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalovchi she’rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi "Oʻzbekiston", hazrat Navoiyga bagʻishlangan "Alisher", nogoh uchragan goʻzal tavsiflangan "Goʻzallik" kabi she’rlari ham tavsifiy lirika namunalari sanaladi.
Nihoyat, hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband lirika xususida. Xuddi tavsifiy lirikaga oʻxshash, voqeaband lirikada voqeani tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Voqea ortida uni hissiy mushohada qilayotgan lirik subyekt qalbi akslanadi. Aytish kerakki, voqeaband she’rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifatida tushunish unchalik toʻgʻri emas. Qachonki she’rda tasvirlanayotgan voqea his-tuygʻularni ifodalash vositasi boʻlsa, baski, sodir boʻlgan voqeaning shunga mos fragmentlari uzib olib tasvirlangan (ya’ni, voqea toʻlaqonli gavdalantirilmasa) boʻlsagina voqeaband she’r haqida gapirish mumkin boʻladi. Masalan, A.Oripovning "Ayol", "Yomgʻirli kun edi" she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning "Sharq hikoyasi", "Hangoma" asarlari she’riy yoʻlda yozilgan kichik hikoyatlar, ya’ni, mohiyatan epik xarakterdagi asarlar sifatida tushunilgani toʻgʻriroq boʻladi.


Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling