Filologiya Magistrant: Muhammedova Mahliyo Kafedra: Adabiyotshunoslik Ilmiy rahbar: Akbarali Sabirdinov
Download 13.23 Kb.
|
Annotatsya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiya mavzusi
- Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
- Tadqiqot obyekti.
- Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
- Ish tuzilmasining tarkibi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LMI VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Fakultet: filologiya Magistrant: Muhammedova Mahliyo Kafedra: Adabiyotshunoslik Ilmiy rahbar: Akbarali Sabirdinov O‘quv yili: 2021-2023 Mutaxassisligi: Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) DISSERTATSIYA ANNOTATSIYASI Dissertatsiya mavzusi : « Abdulla Qahhor va Anton Pavlovich Chexov asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi” Ushbu magistrlik dissertatsiyasida Abdulla Qahhor va Anton Chexovning hikoyalarida portretning ifodalanishi va uning badiiy-estetik funksiyalarini aniqlash ularni qiyoslashga bag`ishlandi. Izlanishlar natijasida yozuvchilarning hikoyalaridagi portret namunalarining asar badiiy g’oyasidagi o‘rni aniqlandi. Qahramonlar xarakteri, ichki olami, ruhiyatini o`quvchiga tasvirlashda, badiiy portretning ahamiyatiga urg`u berilgan, ijodkorlarning maqsad qilgan fikr va qarashlarini yoritishda bu ikkala yozuvchilarning portret qo`llash mahoratlari taqqoslab o`rganilgan. Bunda qiyosiy tahlilga ahamiyat qaratilgan bo‘lib, yozuvchilarning ijodidagi turli xil davrlarda yozilgan hikoyalariga murojaat qilingan. Shuningdek, badiiy portret, uning estetik funksiyasi yuzasidan nazariy va tahliliy fikrlar berilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ishimizning maqsadi qаhrаmоn pоrtrеtining badiiy-estetik tаbiаti vа turlаrini Abdulla Qahhor va Anton Chexov asarlari misоlidа оchib bеrishdаn ibоrаt. Tаdqiqоtning vаzifаlаri: Dunyo vа o`zbek аdаbiyotshunоsligidаgi pоrtrеt bo`yichа ilmiy qarashlarni tаhlil qilish vа umumlаshtirish; Abdulla Qahhor va Anton Chexov hikoyalarida pоrtrеt vа uning turlаrini mаtеriаllаr tаhlili аsоsidа аniqlаsh vа tаsniflаsh; Ularning qаhrаmоn оbrаzini yarаtishdа pоrtrеtning funksiоnаl хususiyatini, badiiy-estetik tаmоyillаrini аniqlаsh; O`zbek va rus adabiyotida dinаmik pоrtrеtning pеrsоnаj psiхоlоgiyasini yoritishdаgi хizmаtini, syujеt yarаtishdа funksiоnаl munоsаbаtini аniqlаsh; O`zbek adabiyotida qаhrаmоn оbrаzini tаsvirlаshdа pоrtrеt-dеtаllаrini struktur tаhlil qilish оrqаli yozuvchilаrning pоetik mаhоrаtini оchib bеrish. Tadqiqot obyekti. Dissertatsiyaning obyekti sifatida Abdulla Qahhor va rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexovning asarlari asos qilib olindi.Xususan Chexovnining “Kichik trilogiya”si tarkibiga kirgan “G`ilof bandasi”, “Krijovnik”, “Sevgi haqida” hikoyalaridagi portretlarning badiiy-estetik funksiyasiga e`tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda ba’zi bir o‘rinlarda Abdulla Qodiriyning asarlaridagi portret namunalaridan ham Oybek lirikasidagi portretdan unumli foydalangan she`rlaridan namunalar tahliliga biroz urg`u berib o`tildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiya materiallaridan oliy ta`lim muassasalarining magistratura va bakalavriat yo`nalishlari uchun yangi o`zbek adabiyoti, badiiy tahlil asoslari, nazariy poetika, adabiyot nazariyasi fanlar bo`yicha darslik o`quv qo`llanmalar yangi avlodini yaratishda, ma`ruza matnlar tayyorlashda, maxsus kurs va seminar mashg`ulotlarini tashkillashda foydalanish mumkin. Ish tuzilmasining tarkibi. Ish kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 73 sahifani tashkil etadi. Ilmiy rahbar: A.Sabirdinov Magistrant: M.Muhammedova Download 13.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling