Filologiyasi


Download 111.92 Kb.
bet14/31
Sana30.04.2023
Hajmi111.92 Kb.
#1412323
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1

Chiqish kelishigi yagona ko‗rsatkichga ega: -dan. Bu qo‗shimcha ko‗rsatish olmoshiga qo‗shilganda bir n tovushi orttiriladi: u+dan-undan, shu+dan-shundan. Aytilganidek, bosh kelishik bilan chiqish kelishigining o‗rin almashishi nihoyatda cheklangan: nondan yeng - non yeng, choydan iching - choy iching kabi. Chiqish kelishigidagi so‗z gap tarkibida hol, to‗ldiruvchi, ega, kesim vazifasida keladi.
Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini hamda vosita, payt, sabab, qiyoslash, butunning bir qismi ma‘nolarini bildiradi: U ichkaridan (harakatning chiqish nuqtasi) yugurib chiqdi. Bu xabarni radiodan (vosita), eshitdik. Biz bolalikdan (payt) yaqin do„stmiz. Uyalganidan (sabab) qizarib ketdi. Siz avvalgidan (qiyoslash) ancha bardamsiz. U choydan (bu tunning bir qismi) ho„pladi.
Mumtoz adabiyotda chiqish kelishigining -din, -tin shakllari ham uchraydi:
Insonni til ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharifroq yo„q ondin. (A.Navoiy)
Chiqish kelishigi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini umuman
«oldingi so‗zni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» tarzida, ot turkumida esa «oldingi otni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» ko‗rinishida xususiylashtiradi.
Ot turkumida chiqish kelishigi ko‗makchi bilan kelishi mumkin: taomdan keyin, ishdan so‗ng.
Chiqish kelishigidagi otning vazifasi:

  1. vositali to‗ldiruvchi: Gulnorning o„zidan so„rab ko„rarmiz? («Saodat»)

  2. o‗rin holi: Eshigi ochiq narigi xonadan pianino ovozi eshitilmoqda edi. (P.Qodirov)

v) sabab holi: Yulduz taajjubidan o„zini bosolmadi.(M.Muhamedov)
g) payt holi: Ikkalasi yoshlikdan birga o‗sishgan. (M.Qoriyev)
d) ko‗makchi bilan birga ajratilgan bo‗lak vazifasi: Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko„ra, xususiyati bilan ta‟riflaydilar. (A.Qah.)
Chiqish kelishigi o‗z vazifasini yo‗qotishi mumkin: birdan, to‗satdan, qo‗qqisdan.

Download 111.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling