Filologiyasi


II-BOB. O„zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo„laklarini ajratish muammolari


Download 111.92 Kb.
bet15/31
Sana30.04.2023
Hajmi111.92 Kb.
#1412323
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1

II-BOB. O„zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo„laklarini ajratish muammolari




Turkiy tillarda kelishikning semantik va vazifaviy jihatini bir-biridan alohida va har xil mikrosistemaga keskin bo‗lib o‗rganib bo‗lmaydi, chunki bu tillar kelishigining ma‘no va vazifasi dialektik birlikda yashaydi, kelishikning turli funksiyasi bir-biriga turli belgisi bilan qarama-qarshi qo‗yiladi. Masalan, jo‗nalish kelishigi, o‗rin-payt kelishigi va chiqish kelishigi bir xil – hol va to‗ldiruvchi vazifasida kela oladi. Biroq u bu vazifani turlicha bajaradi.
Darslik va grammatikada har bir kelishikning yigirma-o‗ttiz ma‘no turi keltiriladi. Uning aksariyati kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosiga xos bo‗lmagan, birikuvchi so‗zning lug‗aviy va grammatik ma‘nosiga bog‗liq hodisa. Shu boisdan har bir kelishik mohiyatini kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosidagi kategorial ma‘no – «oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash» substansial mohiyatini qay tarzda xususiylashtirishidan qidirmoq lozim.
Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak vazifasida kelishini kelishik shakllari belgilab beradi. Aniqrog‗i, mavjud darsliklarda kesimlik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi ―o‗zi qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lish va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik shakllarining sintaktik shakl yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. Biroq sinonimiya hodisasining kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklarini ajratishda bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi.
Kelishik shakllarining aksariyati, masalan, chiqish kelishigi barcha kelishiklar o‗rnida qo‗llanishi, ma‘nodosh bo‗lishi mumkin. Masalan:
Bosh kelishik bilan: Bu kitobdan menda ham bor Bu kitob menda ham bor.
Qaratqich kelishigi bilan: Qizlarning to„rttasi biz tomonga burildi – Qizlardan to„rttasi biz tomonga burildi.

Download 111.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling