Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Byudjetten tısqarı Pensiya fondınıń bas maqseti


Download 309.92 Kb.
bet41/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Byudjetten tısqarı Pensiya fondınıń bas maqseti.O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti, ijtimoiy nafaqalar to'lash, kompensatsiya to'lovlari va boshqa to'lovlar bo'yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo'naltiriladigan majburiy to'lovlar, badallar, shuningdek, boshqa manbalardan tushadigan mablag'larni jamlaydi.

110. Byudjetten tısqarı Jol fondınıń aldına qoyılǵan maqset hám wazıypalar. ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi. Mamlakatimizda Respublika yo’l jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq 1993 yilda tashkil etilgan. Jamg’arma umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan. Respublika yo’l jamg’armasiga 2019 yil 1 yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi to’liq miqdorda Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan bo’ldi hamda ushbu to’lovlar bo’yicha ortiqcha to’langan summalar Pensiya jamg’armasidan to’lanilishi belgilandi. Respublika yo’l jamg’armasining (xodimlarni moddiy rag’batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018 yil yakuni bo’yicha qoldiq mablag’lari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o’tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi qayd etildi. Shuningdek, 2019 yilning 1 yanvaridan tugatilayotgan davlat maqsadli jamg’armalarining 2019 yil 1 martgacha bo’lgan davr uchun xodimlariga to’lanadigan ish haqi, kompensatsiya to’lovlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasi tomonidan avval jalb qilingan xorijiy kreditlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qaytarilishi qayd etildi.

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling