Finans hám finanslıq munasábetlerdiń xarakterli belgileri


Mámleket byudjetten tısqarı fondlarınıń sociallıq-ekonomikalıq mánisi hám áhmiyeti


Download 309.92 Kb.
bet38/44
Sana24.12.2022
Hajmi309.92 Kb.
#1061994
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
102. Mámleket byudjetten tısqarı fondlarınıń sociallıq-ekonomikalıq mánisi hám áhmiyeti.
Byudjetdan tashqari jamg'armalar davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma'lum ijtimoiy guruhlari manfaatlarini nazarda tutgan holda qayta taqsimlashning bir usulidir. Davlat miqyosidagi muayyan yoʻnalishdagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun aholi daromadlarining bir qismini jamg'armalarga jalb etadi. Byudjetdan tashqari jamg'armalarning mohiyati quyida keltirilgan rasmda o'z aksini topgan (8.1-rasmga qarang).
103. Mámleket byudjetten tısqarı fondlarınıń ózgesheligi
Byudjetdan tashqari jamg'armalar moliya tizimining muhim bo'g'ini bo'lishi bilan birgalikda, bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ham ega:-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat'iy maqsadli yo'naltirilgan bo'ladi; jamg'armalar mablag'laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;- asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;- jamg'armalarga sug'urta badallari va ularni to'lashda yuzaga keladigan o'zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy hisoblanadi;-jamg'armalarning mablag'lari davlatga tegishli bo'lib, ular davlat byudjeti, shuningdek, boshqa jamg'armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun hujjatlarida ko'zda tutilmagan maqsadlarga sarflanmaydi; - jamg'armalar mablag'laridan foydalanish hukumatningmaxsus ko'rsatmalari asosida amalga oshiradi.

104. Mámleket byudjetten tısqarı fondların shólkemlestiriwdiń ob'ektiv zárúrligi hám shárt-shárayatları Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taq-simlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriyhuquqiy hujjatlar bilan muvofiqlash-tiriladi va tartibga solinadi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi.

Download 309.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling