- Axborot berish funksiyasi
- — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi.
- Ijtimoiy himoya funksiyasi
- — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi.
Taqsimlash funksiyasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. - Taqsimlash funksiyasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi.
- Nazorat funksiyasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
- Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va boshqalar) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik xosdir.
- Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning asosiy funksiyasi taqsimlash funksiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
- Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan daromad va jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi:
- moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va hokozolarning daromadlari;
- moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
- Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iqtisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqdorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: - Боди З., Мертон Р.С. Учебник. Финансы. М.: “Вильямс ”, 2007. – 347 с.
- Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -267 b.
- Malikov T., Olimjonov O. Moliya. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 920 b.
E’tiboringiz uchun rahmat!!! - E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |