Firdavs-shoh
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
СОБИТОВА Т (2)
135 XULOSA Xalq og‘zaki ijodi har doim xalqning badiiy tarixi, milliy, ma’rifiy va ma’naviy qadriyatlarining sarchashmasi bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng og‘zaki ijodiyotga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga chiqdi va yangi O‘zbekistonda yangicha bir mazmun kashf etmoqda. Biz o‘z tariximiz, ma’naviy, milliy m’rosimiz, ayniqsa, juda ko‘p dostonlarimiz, og‘zaki ijodiyotimiz bilan xaqli ravishda faxrlanamiz. Bizning bu ulkan asarlarimiz jahon madaniyati hazinasida o‘zining munosib o‘rniga ega. Demak, dostonlarimizda fe’l-atvori shakllangan, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan inson bilan yuzma-yuz kelamiz. Xalq og‘zaki ijodidagi har bir janr, xususan, dostonlar bevosita shuningdek, bilvosita yosh barkamol avlodni tarbiyalash maqsadini amalga oshiradi. Xalq dostonlari va og‘zaki ijodiyotning boshqa janrlaridagi asarlar an’anasi asosida tarbiyalangan shaxs odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni, o‘z jonajon Vatanini sevishni o‘zidan kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga mehr berishni, himmatli olijanob bo‘lishni qalbida singdirgan bo‘ladi. Ana shuning uchun ham biz xalq pedagogokasining asosiy omillaridan biri sifatida o‘rganamiz va imkon qadar yoshlarga yetkazishga, bu xalq og‘zaki ijodiyotiga, ayniqsa dostonlarga nisbatan qiziqish uyg‘otishga harakat qilamiz. Ushbu monografiyaga xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, o‘zbek xalq dostonlarini o‘rganishda har doim mifologiya janrlar hamda syujet nazariy asos sifatida ustuvor bo‘lgan. Dostonlar badiiyatiga xulosa qiladigan bo‘lsak, demak ular og‘zaki ijod me’rosidagi eng murakkab janr bo‘lib, ularda xalqimizning xalq sifatida shakllanish jarayonidan tortib, tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, urf-odatlari, ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy qarashlari va badiiy-tasviriy vositalar keng ko‘lamda aks ettirilgan. Ana shuning uchun ham o‘zbek dostonlari ijro an’anasiga ko‘ra xilma-xilligi, badiiyati va mavzulari va rang-barangligi bilan turkiy xalqlar orasida keng shuhrat topdi. Buni albatta, «Alpomish» va boshqa dostonlar misolida ko‘ramiz. Monografiyaning uchinchi bobiga xulosa qiladigan bo‘lsak shuni aytish mumkinki: -Folklorda badiiy tasvriy vositalarni o‘rgatishda faol metodlardan foydalanish”ni moduli o‘zbek folkloridagi keng qamrovli, xalq badiiy tafakkurini namoyon etadigan muhim mavzulardandir. Binobarin, ushbu 136 modelni o‘qitishda multimedia vositalaridan unumli foydalanish mavzuning talabalar tomonidan oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. -Ushbu modelni o‘tishdan avval talabalarga xalq og‘zaki ijodining muhim xususiyatlari, ayniqsa, impovizatsiya (badihago‘ylik), “Baxshi” so‘zining ma’nolari, O‘zbekistondagi dostonchilik maktablari, dostonchilikning inson manaviyati va yoshlar kamolotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida malumotlar berish maqsadga muvofiqdir. -Multimedia : (multi – ko‘p, media – muhit) texnologiya bir vaqtning o‘zida malumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon berishini inobatga olgan holda, ishimizga mavzu qilib olingan modulni o‘qitishda quyidagilarni tavsiya qilgan bo‘lardik: O‘qituvchi, avvalo, mazkur modulga oid ma’ruza matnini tadrijiy tamoyil tamoyilga amal qilgan holda sodda, ixcham shaklni tayyorlashi lozim. Bunda ustoz folklorshunoslarimiz tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma va bevosita dostonchilikka va folklore nazariyasga doir ilmiy maqolalardan foydalanish mumkin. Modulga oid slaydlar ham, mavzuning oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Masalan, slaydlarda o‘zbek dostonchilik an’analarining turlari, ularning o‘ziga xos belgilari aks etishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, Folklor arxivida saqlanayotgan audio, video materiallarini dars jarayonida talabalarga eshittirish va namoyish etish samarali natija berishi shubhasizdir. Ayni vaqtda faoliyat yuritayotgan ustoz baxshi yoxud shu sohani o‘rganayotgan shogird baxshilarni darsga taklif etish, aniqrog‘i, “Jonli ijro va jonli muhit” uslubini tadbiq etish ushbu modulning yuqori saviyada o‘qitilishining muhim omillaridandir. -Xalq dostonlari bo‘yicha suratga olingan badiiy filmlar, multifilmlardan ham mazkur modulni o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin. -Talabaning o‘zbek dostonchilik an’anasi haqida tasavvuri yanada kengayishi va qardosh xalqlar dostonchilik an’analari bilan qiyoslanishiga imkon yaratib berish lozim, jumladan Ozarbayjon deb o‘ylaymiz. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ushbu modulga oid seminar va amaliyot mashg‘ulot davomida o‘qituvchi qardosh xalqlar folklor namunalari, xususan, dostonlari ijro etilgan audio, video materiallarini talabalarga namoyish etishi va ettirishi maqsadga muvofiqdir. -Talabalar orasida ham o‘z hududiga oid doston ijrochiligini ma’lum darajada egallagan talabalar bilan ishlash, dars jarayonida 137 shunday iste’dodli yoshlardan foydalanish ijobiy natijalar berishi tajribada ko‘rilgan. O‘qituvchi darsni tashkil etishda bu usul, aniqrog‘i, imkoniyatdan foydalanishi mumkin. -Taassufki, hozirgi kunga kelib o‘zbek xalq dostonchiligining Farg‘ona dostonchilik an’anasi deyarli yo‘qolgan. Biroq uning muhim belgilaridan biri hisoblangan SAVT USULI mumtoz nazm namunalari ijrosida saqlanib qolganiga farg‘ona, xususan, Qo‘qonga uyushtirilgan ekspeditsiyalarimiz davomida bevosita guvoh bo‘ldik. Binobarin, talaba ushbudostonchilik unitilayozgan qadriyatimiz haqida haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishi uchun savt usulida ijro etilgan biror audio yoki video material tabdil etiladi. Pedagoglik faoliyatimiz va bu usulni bevosita o‘zimiz amalga oshirishga harakat qilib kelmoqdamiz. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling