Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Firma jamoasini zamonaviy boshqarish


Download 219.7 Kb.
bet7/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

Firma jamoasini zamonaviy boshqarish.




    1. Menejment tizimida faoliyatni tartibga solish va nazorat qilish.




Xodimlar kelajakda firmadagi jamoaning ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarini boshqarish sirlarini egallab, uning bo’limi va bo’linmasida rahbar yoki menejer bo’lib ishlamasin, u samarali faoliyat ko’rsatishga yordam berishdir.
Zamonaviy menejment asoslari muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy fanlar- milliy xo’jalikni rejalashtirish, bashorat qilish, makro- mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, moliya, kredit, rejalashtirishning ekonometrik usullari, psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot nazariyasi, huquqshunoslik, marketing kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Zamonaviy menejmentasoslari boshqaruv tizimi va boshqarish ob’ekti orsidagi o’zaro munosabatdir. Har bir firmaning ichida o’ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor. Ichki bo’lim va bo’linmalardagi turli jarayonlar, me’yorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya, boshqaruv apparatiga ta’sir ko’rsatadi. Zamonaviy firmalarning iqtisodiyotiga, o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat asta-sekin bo’lsa ham ta’sir qiladi. YUqoridagilardan kelib chiqib, menejment tizimida faoliyatni tartibga solish (tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish jarayonini mukammallashtirish, firma xodimlari va mehnat jamoalarini samarali boshqarish, menejment vazifalarining tabiati va tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, moyillik nazariyalariga rioya qilish, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish samaradorligini umumiy o’sishini
ta’minlash kabilar) muhim amaliy va nazariy muammodir.
Masalan, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish quyidagilardan iborat: tadbirkorlik manfaatini ta’minlovchi qonunchilikni ishlab chiqish va nazorat qilish; davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligini oshirish; firma faoliyatiga to’g’ridan to’g’ri aralashishni pasaytirish; bozorda erkin va halol raqobat sharoitlarni yaratish; pul emissiyasini boshqarish orqali byudjet muvozanatini ta’minlash va shunga o’xshashlar.
Davlat tomonidan firmalar faoliyatini tartibga solish qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga oshiriladi.
Agar tadbirkorlik faoliyati umuminsoniy faoliyat, qonunlarni buzmagan holda pul topish va daromad orttirish bo’lsa, uning tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik faoliyati esa tavakkallik sharoitida ish ko’rishdir. Tadbirkorlik pul topishning, boylik to’plashning yaratuvchanlik, boylikni ko’paytirish faoliyati, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ijodkorlik faoliyatidir. Tijorat, vositachilik qilish, tijorat milliy bozorni mahsulot bilan
to’ldirish, tovar keltirish va undan daromad olish tadbirkorlik jumlasiga kiradi.
Firma jamoasi faoliyatining boshqarish nazoratig’ bu menejmentning muhim vazifasidir. Uning mohiyati shundaki, nazorat havfli holat paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni oldindan aniqlash va yechimlarini topish, ular o’ta jiddiy bo’lib ketmasliklari uchun zarur va yana faoliyatni muvaffaqiyatli rag’batlantirish uchun ham qo’llanilishi mumkin. Nazoratsiz o’ta tartibsizlik boshlanadi.
Firma faoliyati nazoratining asosiy ma’nosi-korxona (firma) faoliyatining haqiqiy natijalari haqida ma’lumotlarni yig’ish (to’plash), ishlov berish va tahlil qilish, ularni rejadagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish, og’ishlarni aniqlash va bu og’ishlarning sabablarini tahlil qilish, qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tadbirlar ishlab chiqish kabilardan iborat.
Nazorat qilish jarayonlarini uch bosqichda o’tkazish maqsadga muvofiq, ya’ni nazorat oldi, joriy va yakuniy. Ularni o’tkazish tartibi ham uch bosqichdan iborat: ishlangan standartlardan va mezonlar, ular bilan muayyan natijalar va harakatlarga zarur o’zgartirishlar qabul qilishni solishtirib ko’rish. Har bir bosqichda ma’lum tadbirlar amalga oshiriladi.
Firmada standart o’rnatilsa, firma mahsulot (xizmat ko’rsatish) larini standartlarda ko’rsatilganlari bilan solishtirilsa bo’ladigan natijalar solishtirilsa, harakatlarni yoki natijalarni o’lchash imkoni bo’lsa nazorat qilishning jarayonlari to’liq bajarilishi mumkin.
Nazorat qilishdan asosiy maqsad xatolarga yoki yolg’onlarga yo’l qo’ymaslik. Xodimlar xulqiga ijobiy ta’sir etish uchun nazorat jarayonidan foydalanish kerak.
Samarali nazoratni ta’minlash uchun bir necha nazoratning ustuvor yo’nalishligi, natijaga mo’ljal qilish, ishga mos kelishi, o’z vaqtida nazorat qilish, nazoratni eguluvchanligi, nazoratni oddiyligi, foydaliligi, xalqaro darajadagi nazoratga mosligi kabi omillarga e’tibor qaratiladi. Samarali nazorat o’tkazishning omillari: rasmiy ma’lumot tizimiga zarurat; komp’yuter, internet va axborotli boshqarish tizimi; axborotli-boshqarish tizimining samaradorligini oshirish; xodimlar malakasini zamonaviy boshqarishga mosligi kabilar.
Axborotli-boshqarish tizimining samaradorligini oshirish uchun foydalanuvchilarni o’rgatish jarayoni, xarajatlar mezonini o’rganish, zarur ma’lumotlarni tanlab olish, xizmat ko’rsatuvchi shaxs va uskunalarni ajratish, tizimlar va boshlang’ich ma’lumotlarni zamonaviylashtirilishi maqsadga muvofiq.

    1. Download 219.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling