Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Iqtisodiy axborot almashish jarayonining sodda andozasi quyidagicha (4-chizma)


Download 219.7 Kb.
bet6/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Iqtisodiy axborot almashish jarayonining sodda andozasi quyidagicha (4-chizma):


  1. chizma. Tashkilotda iqtisodiy axborot almashish bosqichlari.

Axborot almashish jarayonining oxirgi muhim unsuri javob qaytishi, bunda jo’natuvchi va qabul qiluvchilar axborot almashish vazifalari bo’yicha o’zgaradi.
O’zaro axborot almashish qo’llaydigan ko’pgina har xil odatlar, hamda
ushbu odatlarni aniqlashga birqancha yondashuvlar mavjud va quyidagi 5- chizmada keltirilgan.

YUqori axborot almashishda ochiqlik




  1. chizma. O’zaro axborot almashishni aniqlashga yondashuvlar.

Individlarning axborot almashish odati o’zining ochiqligini aniqlash mumkin. Bu odat o’zini boshqalarga yuqori darajada ochiqligini tavsiflaydi, ammo individ tomonidan javob qaytishi past darajada bo’ladi.
Individning axborot almashishi o’zini amalga oshirishni aniqlaydi va yuqori ochiqligi bilan tavsiflanadi, bunda javob qaytishi ham yuqori bo’ladi.
Uchinchi kvadrantdagi axborot almashish odati bir vaqtda past darajada ochiqlik va past darajada javob qaytishdir.
O’zini himoya qilish odati ochiqlik past darajada tavsiflanadi, javob qaytish esa yuqori darajada.
Axborot almashishning asosiy vositalaridan biri komp’yuterdir.
Uzatiladigan so’zlarni ishlatish uchun simvollardan foydalanish mumkin. So’zdan foydalanilmay jo’natiladigan maktub so’zdan boshqa simvol (neverbalnaya) bilan axborot almashishdir.
Menejment jarayonlarida yechim qabul qilish bu “markaz” atrofida tashkilot hayoti aylanib turadi. yechimni boshqarish mehnatining mahsuloti deb qarash mumkin, uni qabul qilish esa ushbu mahsulotni yaratilishiga olib keluvchi jarayondir.
Boshqarish yechimlarini qabul qilish-tashkilotning ichki sub’ektlari va tashkilot bilan tashqi muhit orasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarishda muhim bog’lovchi jarayondir. yechim- umumiy maqsadlar yo’nalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir. yechimlar asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo’linadi. Birinchisi takrorlanuvchi, ilgaridan aniqlangan vaziyatlarga taalluqli bo’lib, ularni qabul qilishga mulohazali yondashish imkoniyati mavjud. Ikkinchisi-tashqi muhit ta’siri natijasida tashkilotlarda shakllanuvchi favqulotdagi vaziyatlarni hal qilish bilan bog’liq. Bu holatda rahbarning o’zlari qabul qiladilar. Ularning natijasi va samaradorligi menejerning saviyasi, tajribasi va tadbirkorlik darajasining rivojlanganligiga bog’liq. Tashkilotni boshqarishda yechim qabul qilish har xil pog’onadagi menejerlar tomonidan amalga oshiriladi va u ikki pog’onaga ajraladi: individual va tashkilotda. Masalan, individual mahorat mavjud, tashkilot pog’onasida mos muhit yaratilganmi.
Tashkilotda yechimlar dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan bo’ladi. Dasturlashtirilgan yechim ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Dasturlashtirilmagani- muayyan holatda, ma’lum me’yorda yangi, noma’lum omillar bilan tutash bo’lgan sharoitlarda yechim qabul qilishni talab qiladi.
Boshqarish yechimlarini oqilona hal etish bosqichlari-bu kamchiliklarni aniqlash, yechim qabul qilishning cheklanganligi va mezonlarini ta’riflab berish, bir-biriga ziddiyatli yo’lni aniqlash, ularni baholash, yakuniy tanlash.
Vaqt o’zgarishi bilan vaziyatlar ham o’zgaradi. Agar bular katta farq bilan bo’lsa, vaziyat shu darajada boshqa tus olishi mumkinki, yechim qabul qilish uchun mezon keraksiz bo’lib qoladi. Shuning uchun yechimlar muayyan muammoga to’g’ri kelsa va aniq bo’lsa yechim qabul qilish va hayotga tadbiq qilish mumkin.
Boshqarish yechimini tayyorlash o’ta murakkab bosqich. Chunki kimga qandaydir yangi ko’rsatma bersangiz, kishilar bor kuchi bilan qarshi turadilar. YAngi haqiqatni uzoq vaqt kutish kerak.
Tezkor yechim qabul qilishda o’xshash usul, o’rin almashish, o’zgalar qarshi, fantaziya, aqliy hujum usullaridan foydalanish ma’qul. Bulardan tashqari morfologik tahlil, coddalashtirish tasniflash, tuzilmalashtirish, induksiya, deduksiya, yechim qabul qilish jadvali, yechim qabul qilish daraxti, kundalik usuli kabilar ham muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Odatda yechim qabul qilish yengil. YAxshi boshqaruv yechimi qabul qilish esa og’ir. Muammoni yechish uchun yechim amalga oshirilgan bo’lishi kerak. Muammolarni yechish jarayoni muqobilini tanlash bilan tugaydi. yechimning haqiqiy qiymati uni amalga oshirilganidan keyingina ko’rina boshlaydi, boshqarish uchun asosiy signal bo’la boshlaydi.
Boshqarish yechimlarini ishlab chiqish usulidagi holatlarni andozalash fan sifatida qaralgan va menejment faniga asos bo’lgan.
Menejment fanining markazida rahbar tashkilot manfati bilan bog’liq muammolarning komponentlarini yechish turadi. Buning uchun ilmiy usulni qo’llash, tizimli yo’nalishni o’rganish, andozalashdan foydalanish lozim.
Andozalash-bu usul, u borliqdan farq qilib ob’ekt, tizim yoki g’oyalarning shakl ko’rinishidir. Bu masalani komp’yutersiz hal qilib bo’lmaydi.
Andozalar-jismoniy, o’xshash va matematik turlarda bo’ladi. Ularning turlari juda ko’p. Masalan, o’yin nazariyasi, ommoviy xizmat ko’rsatish,
imitatsiya andozasi va h.k.lar.
Boshqarish yechimlarini qabul qilish usullariga boshqaruvchining sezgisiga asoslangan usul (bunda muayyan faoliyat sohadagi uning tajribasi va bilimi to’g’ri yechim tanlash va qabul qilishga yordam beradi), “sog’lom aql” tushunchasiga asoslangan usul (boshqaruvchi yechim qabul qilishida, ularni o’zi dalillaydi), ilmiy-amaliy yondashishga asoslangan usul (bunda katta miqdordagi ma’lumotlarga ishlov berish asosida optimal yechim tanlab yechim qabul qilinadi) kiradi. So’nggi usul zamonaviy elektron- hisoblash texnikasi va Internet, iqtisodiy- matematik usullardan foydalaniladi.
Boshqarish yechimlarini bashoratlash tajribada rejalarga qarab u yoki bu maqsadga erishish imkoniyati darajasini belgilab beradi. Agar
bashoratlash sifatli bajarilsa, natija kelajakdagi tasvirni aniq ifodalaydi. Bashoratlash-ixtisoslashtirilgan soha. Ko’pgina firma (korxona, tashkilot) lar foydalanmoqdalar.
Boshqarish yechimlarini qabul qilishdagi bashoratlashning ba’zi-bir turlari: iqtisodiy, texnologik, raqobat taraqqiyotini belgilash, so’rovlar va tadqiqotlarga asoslangan belgilash, ijtimoiy belgilashlar, vaqtli qatorlar tahlili, sabab-oqibatli (kauzalli).
Firma yoki jamiyatning resurslarga ehtiyojini bashorat qilish bilan aniqlanadi. Korrelyatsiya tahlili, ya’ni kauzalli andozalash o’ta keng qo’llaniladi. YAna ekspertli baholash usuli ishlatiladi.



Download 219.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling