Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Tashkilot xodimlari va mehnat jamoalarini boshqarish Xodim va tashkilotning o’zaro ta’siri


Download 219.7 Kb.
bet14/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Tashkilot xodimlari va mehnat jamoalarini boshqarish Xodim va tashkilotning o’zaro ta’siri.


Tashkilotni boshqarishdagi iqtisodiy tizimlar, tashkiliy tuzilmalar, ularning ish usullari, iqtisodiy mezonlar shaxslar bir-birlari bilan o’zaro munosabatlaridan tashkil topadi. Tashkilotdagi xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatlari o’zaro bog’liq bo’ladi. O’zaro bog’liqlik muammosining mazmuni: xulqi qanday; tashkilot qamroviga kishining qo’shilishi.


Tashkilotda kishining ishi uning tashkilot qamrovi bilan doimiy o’zaro
ta’sir etuvchi jarayondir. Xodim tashkilot qamrovidan ko’pgina ehtiyojlarini qondirishni kutsa, tashkilot ham xodimdan ko’pgina ish kutadi.


Xodimning tashkilotga kirib kelishi


Har bir kishi hayotida tashkilotga kirish jarayonini bir necha marta “boshidan” o’tkazishi mumkin. Tashkilotda bo’lish, uning a’zosi bo’lish va tashkilotga kirish, uning a’zosi bo’lib qolish bir xil narsa degani emas.
Tashkilotga yangi kelgan kishining muvaffaqiyatli ishlab ketishiga muhim shartlardan biri ushbu tashkilotning qimmatli tizimini, qoida, me’yor va xulqiy tarzlarini o’rganishdir. Bular: tashkilotning bosh maqsadlari; tashkilotning maqsadlariga erishishi uchun afzal vositalarni ishlatilish; tashkilotning nufuzi; tashkilotning bir butun organizm bo’lib faoliyat ko’rsatishidagi tamoyillar, qoida va me’yorlar; kishi o’ziga oladigan majburiyatlari; kishi o’z burchini bajarishi uchun zarur bo’lgan xulqiy standartlar kiradi.
Ishga qabul qilingan kishi, tashkilot uni nima uchun kerakligini va foyda bo’lishini, ma’lum ahamiyatini bilishi lozim.
Tashkilotga yangi a’zoni qo’shilishining yakuniy bosqichi uni tashkilotga to’la huquqli a’zo bo’lib o’tishi bilan yakunlanadi.
Tashkilot qadriyatini va me’yorlarini kishi tomonidan qanchalar
o’zlashtirilganligi va qabul qilinganligiga qarab xodimni tashkilotga qo’shilganlik darajasini belgilash mumkin.


Tashkiliy o’zaro ta’sirida shaxsiyat yo’nalishlari


Xodim tashkilot faoliyatining ishtirokchisi, shuning uchun u tashkilotning ichki va tashqi muhitini idrok etishi zarur (his etishi, sezishi, ishonishi, qadriyati, iymoni, ...).
YAna shuni unutmaslik lozimki, barcha kishilar birdek emaslar.
Kishining barcha tavsiflarida uning farqi namoyon bo’ladi. K ishilarning bo’yi, vazni, yoshi, jinsi, ma’lumoti bilan farqlanadilar, har xil tilda so’zlashadi, bir xil harakatni turlicha bajaradi va o’xshash holatlarda o’zini turlicha tutadi. Bu turli-tumanlik odamni odam qiladi, mashina emas, tashkilotning imkoniyati va salohiyatini sezilarli kengaytiradi. Xuddi shu turli-tumanlik tashkil etishni boshqarishda qiyinchilik keltirib chiqaradi, kishi bilan tashkilotli qamrovning o’zaro ta’sirida muammolar, kelishmovchiliklar, ixtiloflar, nizolar, asab buzar holatlar, qarama-qarshilik vaziyatlari paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Kishi xulqining boshlang’ich shaxsiyati bo’lib idrok qilish, mezonning asosi va moyilliklar hisoblanadi.
Shaxs ijtimoiy fazilatni tavsiflab bera oladigan alohida ta’rifga muhtoj.
Kishi hissiy (ya’ni sezgi a’zolari yordamida idrok etiladigan) xususiyatlarga

  • xulq-atvor, nutq, imo- ishora va xususiyatlarga egadir.

Idrok qilish – bu inson ichki va tashqi muhitda bo’layotgan voqea, hodisa, jarayon va tizimni ongida aks ettirishi.
Xodim tashkilotni idrok qilishi ikki jarayondan iborat: ma’lumotlarni
tanlab olish va ma’lumotlarni tizimlash.
Ma’lumotlarni tanlashda har xil kanallardan ma’lumot olinadi. Olingan ma’lumotlar mantiqan ishlov berish usuli orqali, hissiyoti, sezgisi, ishonchi orqali ma’lumotlarga ishlov beradi, ularni tizimlaydi.



Download 219.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling