Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Download 219.7 Kb.
bet13/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Korxonani boshqarish


Korxona to’g’risidagi axborot investorlar korxonaning ishonchliligi, uning bozordagi holati barqarorligiga ishonch hosil qilishlari uchun iloji boricha to’liq bo’lishi lozim. Korxonani tavsiflash uning yaratilish tarixi, tashkiliy- huquqiy shakli, davlat idoralarida ro’yxatdan o’tishi, xo’jalik aloqalari, eng yirik foydali loyihalari, menejmentning samaradorligi haqidagi ma’lumotlar va boshqalarni qamrab olishi lozim.
Korxona tavsifnomasi quyidagi savollarga to’liq javob berishi zarur:

  • korxona tarixi, o’tgan davr mobaynida uning rivojlanishi;

  • korxonaning asosiy egalari ro’yxati, ulardan har birining korxonaning asos topishi va faoliyat ko’rsatishidagi roli;

  • korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan hodisalar;

  • korxonaning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar haqidagi ma’lumotlar;

  • mahsulotni sotishda tarixiy va joriy tendentsiyalar;

  • so’nggi uch yil mobaynida korxonaning texnik- iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlari;

  • korxonaning asosiy yutuq va ustunliklari;

  • sotuv hajmi dinamikasi;

  • korxonaning bozordagi ulushi va uning tendentsiyalari;

  • korxona reklamasi va reklama imkoniyatlaridan foydalanish darajasi;

  • korxonaning tashkiliy- huquqiy darajasi;

  • korxona xarajatlari;

  • moliyaviy- xo’jalik faoliyatida korxona oldida vujudga keluvchi muammolar;

  • korxonaning kuchli va zaif tomonlarini baholash (mahsulot yoki

xizmat sifati, sotuv imkoniyatlari, ishlab chiqarish xarajatlari darajasi, xodimlar malakasi va tajribasi, texnologiyalar darajasi, materiallar va butlovchi qismlarni etkazib berish sharoitlari, menejment darajasi).


    1. Menejment tizimida guruhlarning o’zgarishi va rahnamolik.


Guruh – bu ikki yoki undan ziyod insonlar bo’lib, ulardan har biri birvaqtda boshqacha ta’sir ko’rsatadi va uning ta’sirini o’zi ham his qiladi.


Rahbariyat o’z ixtiyori bilan guruhlarni yaratadi, ya’ni tashkilotdagi tashkiliy tuzilma bo’linmalaridir (hisobchilik, reja va boshqa bo’limlar). Bular rasmiy guruhlar.
Rasmiy tashkilot va guruhlar yaratilishi bilanoq, u yana ijtimoiy muhit bo’lib qoladi, unda rahbar istamagan yo’l-yo’riqlar bo’yicha kishilar o’zaro
ta’sir ko’rsatadilar. Ijtimoiy o’zaro munosabatlardan ko’pgina do’stona guruhlar, norasmiy guruhlar paydo bo’la boshlaydi bularning barchasi bir bo’lib norasmiy tashkilot ko’rinishini oladi.
Norasmiy tashkilot – bu o’z-o’zidan yuzaga keladigan insonlar guruhi, bunda ma’lum maqsadlarga erishish muntazam o’zaro ta’sir etadi.
Rasmiy tashkilotda biror o’zgarish o’tkaziladigan bo’lsa norasmiy tashkilot qarshilik ko’rsatadi. Masalan, yangi texnologiyani joriy etish- guruhlarga ta’sir ko’rsatadi, mansablari, holatlari o’zgaradi. Buni sezgan kishilar ob’ektiv bo’ladigan o’zgarishlar guruhlarga xavf soladi. Rahbariyat qarshilikni pasaytirish uchun qabul qilingan yechimda qatnashuvchilarni rag’batlantiradilar.
Rasmiy tashkilotdagi kabi norasmiy tashkilotlarda ham o’z rahnamolari bo’ladi. Norasmiy rahnamo o’zining holatiga erishadi, ya’ni guruh a’zolariga o’zining munosabati bo’yicha mansabga ega bo’ladi va qo’llaydi. Bu yerda norasmiy rahnamoni rasmiy tashkilot rahnamosi kabi kishilarga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari paydo bo’ladi.
Norasmiy rahnamo guruh maqsadiga erishishida yordam beradi, uni faoliyat ko’rsatishini qo’llaydi va mustahkamlaydi.
Norasmiy tashkilotlar rasmiy tashkilot bilan vaqti- vaqti bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar, rahbarlar buni tushunishlari muhim.
Norasmiy tashkilotni boshqarish uchun norasmiy tashkilotni
mavjudligini tan olish va tushunib yetish kerak, ularni qo’rqitish o’rniga, ular bilan ishlash kerak. Norasmiy guruhlarning a’zolari va rahnamolari fikrini eshitish lozim, to’g’ri xulosa chiqarish foydali.



    1. Download 219.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling