Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati
Menejmentning strategik vazifalarining tabiati va tashkiliy
Download 219.7 Kb.
|
Menejmentning strategik vazifalarining tabiati va tashkiliytuzilmasi. Menejmentning asosiy vazifalari firma faoliyatini tashkil eta bilish (qila olish), bozor talabi va an’anasini ko’ra bilish, chiziqli, amaldorli, chiziq- shtabli rahbarlik tuzilmasi, xududiy tuzilmasi, ishlab chiqarishning unsurlari (marketing, biznes-reja, tashkil etish, tartibga solish, rag’batlantirish, nazorat, hisobga olish, moyillik, rejalashtirish), boshqarish san’ati va shu kabilar. Menejment deb tashkil qila olish va tadbirkorlik xis-tuyg’usiga ega bo’lgan, kasbiy tayyorlangan mutaxassislarni aytish mumkin. Shu bilan birga u ko’pgina ilmiy usullarni amaliy faoliyatda ishlata bilishi kerak, ijodkor ham bo’lishi zarur. Menejment jarayoni (tashkil etish, texnologiya, rejalashtirish) tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalash va bizne-reja, narxni shakillantirish va qarz olish va shu kabilarning vazifalashtirish, boshqaruv xodimlarini tayyorlash ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini amalga qo’llash kabilarni ta’minlashi lozim. Bozor munosabati sharoitida zamonaviy firmalar (korxonalar, tashkilotlar) faoliyat ko’rsatishlari uchun mahsulot tanlashi va resurslarni sotib olishi kerak. Bozor iqtisodiyotida muammolarning barchasini bozor qonunlariga bo’ysungan holda o’zi hal qiladi. Menejer o’z ishini rejalashtirish va bajarishda har bir unsur kutilmagan qandaydir talablardan kelib chiqadi. Menejer ishlab chiqariladigan yoki yetishtiriladigan mahsulot hajmini bashorat qilishga harakat qilganda, talab mexanizmida baho asosiy unsur ekanligini unutmasligi kerak. Bozorda mahsulot hajmini oshirish uchun mahsulot narxini pasaytirish kerak.Bozor jarayonini karomat qilish qiyin. U talab va takliflarning o’zaro ta’sir etuvchi bozor mexanizmini, narxning shakillanishini vash u kabi an’analarni bilish kerak. Bu yerda faqat mahsulot (xizmat ko’rsatish) emas, uni ishlab chiqarish (etishtirish, xizmat ko’rsatish)ga jalb qilingan xodimlarning mahoratlari ham muhim. Firma ichidagi strategik boshqarish chiziqli, amaldorli, chiziq-shtabli, “mahsulot bo’yicha” tashkiliy tuzilma ko’rinishida bo’lishi mumkin. Chiziqli tashkiliy tuzilmadagi menejmentning hamma vazifalari bo’linma menejeri qo’lida (vazifasida, ixtiyorida) bo’ladi. Amaldorli tuzilmada menejer faoliyatining muayyan bir sohasiga ixtisoslashadi va unga javob beradi. Chiziqli- shtabli tashkiliy tuzilmada rejalashtirish, hisobga olish va nazorat masalalari yanada malakaliroq hal qilinadi. “Mahsulot bo’yicha” tashkiliy tuzilmada boshqarish ancha murakkab, u firmani boshqarilishning avtomatik tizimi sharoitidagi an’anali chiziqli- funksional tuzilmaning rivojlangan shaklidir. Menejmentning mazmuni uning vazifasini ochadi. Menejmentning strategik vazifasi: tarmoq iqtisodiyotining tuzilmasi; uning hududiy tuzilmasi; ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) ning alohida unsurlari. Ularning o’ziga xos vazifalari: marketing, biznes-reja, tashkil etish, tartibga solish (sozlash), rag’batlantirish, nazorat, hisobga olish, moyillik, rejalashtirish, bashoratlash. Menejmentning strategik vazifalariga zarur bo’lgan tarkibi va mazmuniga e’tibor (xolis) berilishi kerak, aks holda samara pasayadi. Menejmentning mehnat faoliyati ijtimoiy, ruhiy, iqtisodiy, pedagogik, kasbiy va boshqa-boshqa fanlar bilan bog’liq. Ularning tavsiyalaridan foydalanish boshqarish san’atini oshiradi. Shunday qilib, menejment strategik vazifalarining tabiatini tushunish uchun uning tushunchalar toifalari bilan bo’ladigan munosabatlari birgalikda tasavvur qilish lozim. Bir tomondan iqtisod, bozor, tadbirkorlik, marketing kabilar faraz qilinsa, ikkinchi tomondan ushbu har bir tushunchalarning ko’rinishini o’zi tanlash ifodasida menejment tizimiga unsur bo’lib kiradi va birlashib borib shakl ko’rinishini oladi. Oqibatda menejmentning tashkiliy tuzilmasi paydo bo’ladi. Download 219.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling