Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Download 219.7 Kb.
bet1/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

FIRMANING TARMOQDAGI AHVOLINI BAHOLASH TURLARI VA UNING AHAMIYATI


Reja:
Kirish

I BOB Firmada strategik boshqaris h va uning muhitlari.

    1. Firmaning ichki va tashqi muhitlari




Kirish
O’zbekiston Respublikasida katta ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) salohiyatlari bunyod etilgan, tashqi iqtisodiy aloqalar faollashtirilmoqda, tadbirkor (ishbilarmon)lik va xususiy mulkchilik rivoj topmoqda. Bu maqsadlarni amalga oshirishga rahbarlik qilish, san’ati, har bir jarayon holatiga yechim qabul qilishda ma’lum harakatning har qanday qoidasi, boshqacha aytganda firma yoki korxonaning taraqqiyotidagi eng muhim masalalar va yo’nalishlarni ajratish va ularni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish kabilar strategiyadir.
Strategik boshqarish esa tashkilotni shunday boshqarishki, unda inson salohiyatiga suyanish, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchi talabiga mo’ljallab ish ko’rishi, tashkilotga tez moslashuv va o’z vaqtida o’zgarishlarni amalga oshirilishi, uzoq istiqbolda tashkilot o’zining maqsadlarini omon saqlab qoldirishi va pirovard natijada maqsadlarga erishish imkoni berishni tushuniladi.
Har qanday korxona, firma va tashkilotlarning asosiy va mohiyati insondan boshlanadi. Bularni o’rganish menejment (strategik menejment, innovatsion menejment, zamonaviy ishlab chiqarish menejmenti, korxonalarda menejment va hokazolar) fanining vazifasi.
Barchaga ma’lumki, hozirgi vaqtda menejment, marketing milliy iqtisodiyotning taraqqiy yetishini ustuvor, (strategik) yo’nalishidir. “Menejment” atamasi “boshqarish ” atamasining o’xshashi, uning sinonimi, ammo to’liq ma’noda emas.
“Boshqarish”atamasi birqancha keng, chunki inson faoliyatining ko’pgina turlarida qo’llaniladi, ammo “Menejment”firma yoki korxonani boshqarishning ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlari bosqichidagina foydalaniladi yoki ishlatiladi.
Menejment faoliyatning kasb bilan bog’liq mustaqil turi. Menejment firma yoki korxona toifalariga bog’liq bo’lib qolmasdan foyda olish maqsadida o’z faoliyatini yuritishdir, ya’ni tadbirkorlik daromadini olishdir. Menejment - bu rahbar, mulkdor, ishni boshqarish bo’yicha boshqaruvchi, kasb bilan bog’liq faoliyat, biznesni qanday yuritishni o’rgatadi, yani boshqarish tafakkurini shakllantirish, boshqarishning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish muammolari. Formal (forma yoki shaklga oid) va noformal tashkilotlar, tijorat va notijorat, kichik va yirik korxonalar boshqarilishlari xaqida tasavvur beradi, ularni samarali boshqarilishlaridir.
“Menejment” fani ilmiy, nazariy va amaliy masalalar, tijorat va moliyaviy, innovatsion, strategik, boshqaruv va xo’jalik holatlarini yechish
bilan uzviy bog’liqdir. Korxona va firma menejerlarining mustaqil ishlashlaridagi bilim va tajribalari darajasini oshirish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganishlari, tashkilotlarning samaradorligini oshirish, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini yechish, ijrochilarga topshiriqlar berish, mashqlar bilan shug’ullanish, xodisa va jarayonlarni andozalash kabi bugungi dolzarb muammolardan biri ekanligini unutmaslik zarur. Shu bilan birga mulklarni davlat tasarrufidan chiqarishga baho berish, menejmentning infratuzilmasi samaradorligini oshirish, firma taraqqiyotini ta’minlash usullari va uslublari, korxonani boshqarish funksiyasini o’rganish, firmadagi ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonlarini tezkor boshqarishning samaradorligini oshirish, boshqarish g’oya (innovatsiya) larini rivojlanishini o’rganish, ijtimoiy omillar va ahloqiy me’yorlarni korxona (firma, tashkilot, muassasa va x.k.) faoliyatiga ta’sirini aniqlash, firma faoliyatini boshqarishda axborot almashishdan samarali foydalanish kabilarga alohida o’rin ajratish lozim.
Darslikning mohiyati firma, korxona va tashkilotlarning barcha bo’lim va bo’linmalarida ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) ni faollashtirish, ijtimoiy va iqtisodiy, ruhiy va xulqiy imkoniyat va resurslardan oqilona foydalanishlar bilan yaqin muloqotda bo’lishlaridadir. Darslikda tavsiya etilayotgan nazariy materiallar davrimizning ilg’or g’oyalari va amaliyotlaridan iborat.
Strategik (bunyodkorli, ustuvorli) menejment – firmaning bosh, umumiy, asosiy maqsadini amalga oshirish nuqtai nazaridan o’rganiladi.
Innovatsion (bunyodkorli, yangilikni yuritishli, ilm- fan yutuqlarini amalda keng qo’llab katta samaraga erishish) menejment – ilg’or g’oyalar, texnologiya, texnika, faoliyat, tizim, jarayon, operatsiya va elementlar asosida firma faoliyatini yuritishga asoslanadi. Butun fan sohasi - innovatika bo’lib jamlanadi. Innovatikaning o’zida markaziy o’rinni innovatsion menejment- iqtisodiy taraqqiyotni boshqarish tizimiga ajratildi.

Download 219.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling