Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati
1. Ипатов В.С., Кирикова Л.А. Фитоценология - С.-Пб.:Университет, 1997. – 360 с.
2. Миркин Б. М. Теоретические основы современной фитоценологии. - М.: 1985. - 136 с.
3. Воронов А.Г. Геоботаника. – М.: Высщая школа, 1973. – 384 с.
4. Гиляров А.М. Популяционная экология – М.: МГУ, 1990. – 191 с.
5. Миркин Б.М., Наумова Л.Г. Краткий курс общей экологии Часть 1 - Уфа: БГПУ, 2011. – 206 с.
6. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1983. - 296 с.
7. Работнов Т. А. Фитоценология. - М.: 1992. - 352 с.
8. Злобин Ю.А. Популяционная экология растений. – Сумы: 2009. – 263 с.
9. P.Rudall. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147.
10. James D. Mauseth Botany an introduction to Plant Biology USA 2014. P. 766.
11. Миркин В.М., Наумова Л.Г., Соломещ А.И. Современная наука о растительности
– M.: «Логос», 2001. – 264 с.
12. Ценопопуляция растений
11- ma’ruza: O‘simliklarda hayotiy strategiyalarning tiplari
Reja
1. Hayotiy strategiyalar haqida tushuncha
2. Hayotiy strategiyalar bo’yicha qarashlar
Tayanch so’z va iboralar: hayotiy strategiya, ontogenez, ontogenetik taktika, ontogenetik strategiya, ekologo-senotik strategiya
1. Hayotiy strategiyalar haqida tushuncha
Har bir tur o’zining yashash muxiti va unga bo’lgan moslanishlari bilan o’zining butun hayoti (ontogenezi) davomida muayyan ontogenetik taktika va hayotiy strategiyalardan foydalanadi.
Ontogenetik taktika bu tirik organizmlarning muddatli noqulay tashqi muxit omillariga nisbatan o’z vaqtida moslanishlarni namoyon qilish xususiyati hisoblanadi.
Ontogenetik taktika o’simliklarda ham, hayvonlarda ham kuzatiladi. Masalan, qurg’oqchil (kserofit) mintaqalarda o’sadigan ayrim o’simliklar, harorat haddan ziyod ko’tarilib ketganda, o’z barglarini vaqtincha to’kib yuboradilar. Shunday qilib, transpiratsiya jarayonini o’ta kamaytirgan xolda, o’zining hayotini saqlab qoladi va yashovchanligini namoyon qiladi.
Hayvonlarda ham bunday xususiyat mavjud. Masalan, harorat o’ta isib ketganda ayrim sovuqqonli hayvonlar qisqa muddatli anabiyoz xolatini namoyon qiladi, yani qisqa muddatli karaxtlik xolatiga o’tadi. Ular ham bu moslanishi bilan ekstremal noqulay sharoitda o’zini hayotini saqlab qoladi.
Ilmiy va o’quv adabiyotlarida ekologik strategiyalar tushunchasi ontogenetik strategiyalar deb ham yuritiladi. Ekologik strategiyalar (ontogenetik strategiya) tirik organizmlarning butun hayoti davomidagi tashqi muxitning har qanday omillariga nisbatan moslanishlarining majmui hisoblanadi. Ekologik strategiyalar turning butun evolyutsiyasi jarayonida shakllanadi va ontogenezida namoyon bo’ladi. Demak, ekologik strategiyalar tirik organizmlarning tashqi muxit omillariga o’z moslanishlarini namoyon qilish xususiyatidir.
Ekologik strategiyalarning tirik organizmlar hayotidagi bilogik ahamiyati juda katta hisoblanadi va bu turlarning o’simliklar qoplami va hayvonot dunyosidagi o’rnini mustaxkamlaydi, ularning yashovchanligini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |