Fitosenologiya


Hayotiy strategiyalar bo’yicha Ramenskiy va Graym tasnifi


Download 329.85 Kb.
bet38/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

Hayotiy strategiyalar bo’yicha Ramenskiy va Graym tasnifi

Barcha turlarning ekologik va biologik rang-barangligini hisobga olgan holda, har bir tur uning o’ziga hos bo’lgan hayotiy strategiyalari bilan xarakterlanadi. Asosiy hayotiy strategiyalarni ajratgan olim – rus olimi L.G.Ramenskiy (1935, 1938) hisoblanadi. U o’simliklarning uchta senobiotik tiplarini ajratib, ularni violentlar, patiyentlar va eksplerentlar deb nomlagan.
O’simliklarning hayotiy strategiyalari muammolarini o’rganish chet ellarda jadallik bilan o’rganilmoqda. Ingliz ilimi Dj. Graym (Grime, 1974, 1979) ham hayotiy strategiyalarni Ramenskiy singari uch tipga - konkurentlar (violentlar), stresstolerantlar (patiyenlar) va ruderallar (eksplerentlar) ga ajratgan. Uning bu nomlari juda sun’iy ko’rinishga ega. Chunki har qanday o’simlik jamoada u yoki bu darajada raqobatga kirishadi, ma’lum darajada tolerantlikka ega bo’ladi. Ruderal o’simliklar deb esa botanikada inson ta’sirida o’zgarishga uchragan yerlarda o’sadigan o’simliklar tushuniladi.
Uittaker (Whittaker, 1975) ham Ramenskiy tiplariga juda yaqin bo’lgan hayotiy strategiyalarga ajratgan. Graym ta’kidlaganidek, bu uchta hayotiy strategiyalarning oraliq shakllari ham mavjud.
Hayotiy strategiyalar bo’yicha Ramenskiy klassifikatsiyasi fitosenozdagi turlarning birgalikda yashash xususiyatlarining har xilliligiga asoslangan. U asosan ularning hayotiy strategiyalarining xususiyatlarini aks ettiradi. Avval ta’kidlanganidek, Ramenskiy o’simliklarning hayotiy strategiyalarini uchta tipga ajratgan.
Violentlar – juda raqobatbardosh o’simliklar hisoblanib, o’zlarining kuchli taraqqiy etishi, katta maydonlarni egallashi va yashash muxitidagi barcha imkoniyatlardan keng foydalanishi bilan farqlanadi. Violentlarga turli zonalarda o’sadigan ko’plab o’simliklarni misol qilib olishimiz mumkin. Masalan, qamish, ajriq, g’umay, ko’ztikan, do’lana, archa kabilar shular jumlasidandir. Violentlarni hayvonlar bilan qiyoslansa, ular sherlarga o’xshaydi. Violentlaring raqobatbardoshligi suv, yorug’lik, oziq moddalari yetarli bo’lgan muxitda shaklllanadi, aks xolda ularning rivojlanishi susayadi. Shuning uchun ularning faktik optimumi potensial bilan mos tushadi yoki unga yaqin bo’ladi. Violentlarni o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ular ikkita senotipga ajratiladi: eutrofoviolentlar va oligotrofoviolentlar.
Patiyentlar – chidamli o’simliklar hisoblanib, ular yashash uchun kurashda o’zlari yashab turgan muxit imkoniyatlaridan emas, balki o’zlarining ichki imkoniyatlarini ishga soladilar. Ular noqulay sharoitlardan o’zlarining chidamliligi bilan chiqib ketadilar. Masalan bunday turlarga yantoq, selin, saksovul kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Patiyentlar hayvonlarda tuyalarga qiyoslanadi. Patiyentlar yashash muxitidagi suv, ozuqa, yorug’lik va issiqlik bilan ta’minlanishning yetarsizligi yoki yuqori kislotalilik va shorlanishga moslasish jarayonida shakllangan. Shunga mos ravishda trofopatiyentlar, kseropatiyentlar, ssiopatiyentlar, psixropatiyentlar, asidopatiyentlar, galopatiyentlar kabilar bo’linadi.
Eksplerentlar – juda past darajadagi raqobatbardoshlikka ega bo’lib, ular yangi fitosenozlarda juda kuchli taraqqiy etadi, vaqt o’tishi bilan o’rnini boshqa raqobatbardosh turlarga bo’shatib beradi. Ularning o’simliklar qoplamidagi o’rni beqiyos. Ular pioner turlar bo’lib, fluktuasiyalar natijasida yoq bo’lib ketgan o’simliklar jamoasining tezda tiklanishiga yordam beradi. Eksplerent turlarga tol, terak, jiyda kabi o’simlikarni na’muna sifatida ko’rsatishimiz mumkin. Ramenskiyning ushbu ishlari ancha vaqtgacha Evropada ham, Rossiyada ham e’tiborsiz qoldirildi. Faqat ingliz ekologi J.Graym (Grime, 1970) tomonidan aynan uning tasnifidek ekologik strategiyalar qayta ochilganidan keyingina yirik muvaffaqiyatga erishdi. Lekin Ramenskiy o’zining sistemasini bir necha varaqlarda ifodalagan bo’lsa, Graym bu ishga ikkita yirik asar – monografiyani bag’ishlagan. Graymning ekologik strategiya tiplari “Graym uchburchagi”da aks etgan. Strategiya tiplari aynan yashash joyidagi buzilish darajasi va muxitning yomonlashish darajasiga bog’liq bo’lgan Bunda uchburchakning uchta burchaklaridagi birlamchi tiplari konkurentlar (C - competitor), stress-tolerantlar (S – stress-tolerants) va ruderallar (R - ruderis) deb nomlangan. Uning ikkilamchi, yani bir nechta oraliq tiplari ham bo’lgan (CS, CR, RS, CRS). Graymning sistemasining nomi boshqa bo’lsa ham, mazmunan Ramenskiy sistemasi bilan o’xshash bo’lgan.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling