Shundan kelib chiqib, oliy va o’rta pedagokik talim tizimida o’qitish jarayoni nimalarga bog’liq ekanligini aniqlab olaylik.
Ular quyidagilardan iborat:
1.O’qitish metodlarini tanlash: bilim asoslari bilan dastlabki tanishtirishga mo’ljallangan metodlar; bilimning mazmunini o’zlashtirishga bag’ishlangan metodlar; bilimning ma’nosini aniqlashga va mustahkamlashga taaluqli metodlar; bilimni rivojlantirishga va uni amalda qo’llashga o’rgatuvchi metodlar va boshqalar.
2.O’qitish vositalarini tanlash: o’quv kitobi bilan ishlash; ko’rgazmali vositalarni tanlay bilish; audiovizual vositalarni qo’llashga ma’lumot beruvchi matteriallarni tayyorlash va tanlash; o’quv-asbob anjomlarini tanlash; kompyuter vositalarining imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan foydalanish va boshqalar.
3. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkilashtirish shakllarini tanlash: ma’ruza,amaliy mashg’ulotlar,seminar,laboratoriya ishlari,mustaqil ishlar,konsultatsiya,o’qitishning noana’viy usullari.
4. O’quvchilarning o’quv ishlari natijalarini tekshirish va baholash: ularning yangi bilimlarga ega bo’lish tayyorgarligini tekshirish va baholash; o’quvchi va talabalarning kundalik va modul bo’yicha bilimini tekshirish; ularning bilim reytingini o’qitish bosqichlari bo’yicha tekshirish va baholash; og’zaki, yozma,komyuter yoki blank yordamida test o’tkazish va shu kabilar.
1.3 Fizika fanini o’qitish vositalari
Vosita deganda qandaydir bir harakatni yuzaga keltirish uchun kerak bo’ladigan jism yoki ularning to’plami tushuniladi. O’qitishning maqsadiga yetishga, o’qituvchi bilan talabalarning birgalikdagi harakatini amalga oshiririshda qo’llaniluvchi asboblar va tuzilmalar, ayrim ma’lumot beruvchi materiallarni o’qitish vositalari deyiladi. Umuman,o’qitish vositalariga o’quv yurtining binosi hamda undagi jihozlar, xonalar, o’quv hujjatlari, o’quv qurollari, turli uskuna-aparatlar,kompyuterlar, Internet va boshqa vositalar kiradi.
Fizika fanini o’qitishning vositalariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |