Talaba, mustaqil ishlarni bajarishda o'zining kuchigagina ishonishi zarur.
U,oldinda ko'p qiyinchiliklar kutayotganini esdan chiqarmasdan. ularni yengishga o'zini tayyorlashi kerak. Talabalarda umumlashgan usullarning shakllanishi, birinchidan, o 'quv
jarayoniga sarflanadigan vaqtni tejashga, ikkinchidan, biiimlarni yuqori darajaga yetishiga, uchinchidan, topshiriqiarni tezroq bajarishga, ya'ni aqliy mehnatning samaradorligini oshirishga olib keladi. Masalan, talabalarning
bilimini mustaqil tarzda oshirishda asosiy o'rinni o'quv adabiyotlari egallagani uchun, ular bilan samarali ishlashda,quyidagi usullarni shakllantirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi;
■ o'quv materialini mantiqiy tahlil qilib. uning asosiylarini ajratib olish;
■ hodisa va jismlarning xossalarini ko'rsatuvchi fizik kattaliklarning o'zaro bog'lanishini ifodalovchi formulalarni matematik yo'l bilan chiqarilishini mustaqil bilish;
■ o'qilgan matnni. grafiklarni va jadvallarni tushunish;
■ o'qib chiqqanlarini o 'z so 'zi bilan aytib berish;
■ darslikda berilgan materialni boshqa kitoblardan o'qiganlari bilan to'ldirish;
■ katalog bilan ishlashni va bibliografiya tuzishni bilish;
■ o'qiganlarini konspekt qilishni, ma’ruza tezisini yozishni va bayon qilish rejasini tuzishni bilish;
■ Bir necha adabiyotlar bilan ishlashni, bir masala bo'yicha turli qarashlarni tahlil qilishni, materialni umumlashtirish va xulosa chiqarishni bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |