Fizika- texnika fakulteti
Fizik praktikumni o'tkazishda laboratoriya mavzusi va uni mashg‘ulotga tayyorlash bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur
Download 157.53 Kb.
|
Odilbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaysi kuni, qaysi soatda, qaysi predmetni oqiydi • Qaysi kuni, qaysi soatda jamoat ishlariga qatnashadi • Qaysi kuni, qaysi soatda mustaqil ishlarni bajaradi
Fizik praktikumni o'tkazishda laboratoriya mavzusi va uni mashg‘ulotga tayyorlash bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
- laboratoriya ishlarining mavzularini optimal tanlash va uni o'tilgan materialga mos ravishda qismlarga ajratish; - laboratoriya xonasida har bir ish uchun alohida joy ajratish v a uni jihozlash; - yuqori malakali o'qituvehilar tayyorlash tizimi, fizik praktikumni tashkil qilishda eksperiment o'tkazish madaniyatiga riova qilishni, y a ’ni ishchi o'rinni qulay va xonaning yoritilganlik darajasi yetarli bo'lishini, tajribaga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi omillarning bo'lmasligini, ishni zamonaviy texnika bilan ta’minlashni va texnika xavfsizligiga rioya qilishni; - tadqiqot ishlarini bajarilishini o'zaro aloqadorligini ta’minlash uchun laboratoriya ishlarining izchilligini hisobga olishni; - laboratoriya ishlarini ongli tarzda bajarish uchun metodik ko'rsatmalar ishlab chiqishni amalga oshirish lozim. 2.3- O’quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish. Oliy o'quv yurtidagi o'quv-tarbiyaviy jarayon, umumta’lim tizimidagi ushbu jarayondan tubdan farq qiladi.Oiiy maktablarda o'rta ta ’lim tizimidan farqli ravishda, har kuni beriladigan uy vazifalari va o'tilgan materialni takrorlash yo‘q.Ikkinchidan, auditoriyadagi ma’ruza va mashg'ulotlar qanchalik yuqori darajada o'tkazilmasin. talabalar bilimining sifati, ularning mustaqil ishlashiga bevosita bog'liq. Mustaqil ish o'qituvchi tomonidan aniqlanadi va tegishli ko'rsatmalar berilib, bajarilishi nazorat qilib boriladi.Umumiy fizikadan talabalarning mustaqil ishlarining maqsadi:konspekt, o'quv kitobi,qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o'rgatish, bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, mustaqil bilim olish malaka va k o ‘nikmalarini: shakllantirishdan iborat.Talabalami bunday ishlarga o'rgatish, oliy o'quv yurtida o'qitish boshlangan kundan boshlanishi zarur. Chunki «Mutaxassislikka kirish» kursidan boshlab, o'quv ishini tashkil qilishning barcha shakllarida: ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar va boshq. davom etadi. Bularda, talaba qanday mustaqil ishlarni bajarishi va uiaming sifati o'qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.Oliy o'quv yurtining har bir talabasi mustaqil ishlarni o 'zi rejalashtirishi kerak, reja kundalik yoki haftalik bo'lishi mumkin. Mustaqil ishlarni rejalashtirish bo'yicha talabalarning tajribasi hisobga olinsa,haftalik reja maqsadgamuvofiq keladi. U, quyidagilami o 'z ichiga oladi: • Qaysi kuni, qaysi soatda, qaysi predmetni o'qiydi? • Qaysi kuni, qaysi soatda jamoat ishlariga qatnashadi? • Qaysi kuni, qaysi soatda mustaqil ishlarni bajaradi? • Qaysi kuni, qaysi vaqtda to‘garaklarga qatnashadi? • Qaysi kuni, qaysi vaqtda sport bilan shug‘ullanadi? Har bir haftaning oxirgi kunida, talaba bir hafta davomida bajargan ishlari to'g'risida xulosa chiqarib, o‘zi tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak. Bunday xulosa chiqarishda, talaba, o'z ishiga haqqoniy yondoshsa, yo‘1 qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish oson kechadi. Download 157.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling