Fizika- texnika fakulteti


harakat bilan o'qitishning yuqori natijasiga erishish mumkin


Download 157.53 Kb.
bet7/9
Sana21.04.2023
Hajmi157.53 Kb.
#1370749
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Odilbek

harakat bilan o'qitishning yuqori natijasiga erishish mumkin.
2-O’quvchilarning mustaqil ishlashga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
2.1-Fizika fanini o’qitishda o’quvchilarda ijodiy fikirlashini o’stirish.


Fikirlash- obektiv borliqning predmetlarini va hodisalarini taqqoslash, tahlil qilish orqali bajariluvchi mantiqiy amal bo’lib hisoblanadi. U o’ziga quyidagilarni qamrab oladi:

  • Taqqoslas - predmetlar va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikiar hamda fanlarni aniqlashdan iborat;

  • tahlil - murakkab obektni mustaqil mayda bo’laklarga ajratish;

  • sintez - turli mustaqil bo'laklarni biriktirish, alohida bo'laklarni yig'indisidan butunga o'tish;

  • Klassifikatsiya - predmet va hodisalarni muhim belgilari bo'yicha guruhlarga va sinflarga ajaratish;

  • umumlashtirish – turli dalillarni tanlab, ularni umumiy belgilari bo'yicha fikran birlashtirib, umumiy xulosaga kelish;

  • tizimlashtirish - turli elementlardan bir butun tizimni tuzish va ayrim elementlar o'rtasidagi bog'lanishlarni topish;

  • induksiya - turli dalillarning mazmunini tahlil qilib,umumiy xulosa chiqarish;

  • d e d u k s iy a - umumiy xulosalar asosida ayrim mustaqil fikrlarga kelish;

  • abstraktsiyalash-predmetning muhim xususiyatlari va bog'lanishlaridan,boshqa muhim bo'lmagan xususiyatlarni fikran ajratib olib, tahlil qilish va xulosa chiqarish;

  • fikrlash - ongda tahlil qilish orqaii predmetning o 'ziga xos muhim belgilarini aniqlash, boshqa predmetlardan farq qilish va tushunish;

  • konkretlashtirish - ilmiy bilimlarni chuqurlashtirish, aniqiash va umumiy tushunchadan xususiyga o'tish;

Talabalarning fikrlashini qanday qilib rivojIantirish mumkin?Talabalarga tog’ri fikirlash qanday shakllantiriladi? Bu savollarga javob berish uchun talabalarga nima to'g'risida o'ylash va qanday o'ylash kerakligini o'rgatish kerak,aksariyat hollarda, ularni o 'ylan va o'ylan deb qiynaymiz. Bunday holda talaba o'quv materiali to'g'risida o'ylanish emas, balki nima qilishni bilmay qoladi. Psixologiya nuqtayi-nazaridan muvozanat buziladi.Shuning uchun fikrlashning algoritmik usulini taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday usulga eslatgich-ko'rsatma yoki fikrlashning algoritmi deyiladi.U talabalarga topshiriq sifatida beriladi hamda bajarishning ketma-ketligini ko’rsatadi. 2.2Umumiy fizika kursi bo’yicha amali mashg’ulotlar. Oliy o'quv yurtlarida fizikadan amaliy mashg'ulotlarga masalalar ishlash,laboratoriya mashg'ulotlari va seminarlar o'tkazish kiradi. Masalalar ishlash ilmiy bilish tizimida alohida o'rin. egallaydi, ya’ni olgan nazariy bilimni mustahkamlash va uni amalda qo'llash vositasi hisoblanadi. Ushbu jarayonda talabalarda amaliy va fikrlashga tegishli usul,malaka va ko'nikmalar shakllanadi. Ijodkorlik ishlarida qatnashishga tayyorlashda, fikr yuritishning rivojlanishida, mustaqil ishlashda, dars unumdorligini oshirishning samarali yo’llarini izlab topishda masalalar ishlash muhim ahamiyatga ega.
Amaliy mashg'ulotlar - o'quv rejasida ko'rsatilgan bo'lib, talabalarni ma’ruzada va mustaqil ishlarni bajarishda fizikadan olgan bilimlarini chuqurlashtirishga,kengaytirishga va amalda qo'llashga o'rgatishga xizmat qiladigan,oliy o'quv yurtlaridagi o'quv ishining bir turi hisoblanadi.Amaliy mashg'ulotni ma’ruza bilan taqqoslab ko'rilsa shu narsa ayon bo’ladiki, u ma’ruzada o'tilgan materialning mantiqiy davomi hisoblanadi. Agarda, fizikadan ma’ruza, umumlashtirilgan shakldagi bilim berishning poydevorini tashkil qiladi desak, amaliy mashg'ulot ushbu bilimni mustahkamlaydi,kengaytiradi va oydinlashtiradi.
Talabalar, o'quv materialini, asosan, auditoriya mashg'ulotlarida o'zlashtiradilar. Shuning uchun, auditoriya mashg'ulotlariga katta e’tibor berish, mashg'ulotlar samaradorligini yanada oshirish talab qilinadi. Bunga, o'quv jarayonida o'qitishning zamonaviy texnik vositalarini qo'llash, ko'rgazmali qurollardan, namoyish materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin.
Laboratoriya ishlarini talab darajasida tashkillashtirish va o'tkazish, o'qitish jarayonini yaxshilashda, mashg'ulotlar samaradorligini oshirishda muhim o'rin tutadi. Fizik praktikumda laboratoriya ishlarini tashkil qilish va uni o'tkazish metodikasiga quyidagicha didaktik talablar qo'yiladi:
laboratoriya ishlarini muvaftaqiyatli bajarish, fizika o'quv laboratoriyasining moddiy-texnik bazasi ta’minlanganiga bog'liq. Zamon talablarining o'zgarishi hisobiga praktikumning mazmuni, tuzilishi va texnik jihozlanishini o'zgartirib turish, ya’ni zamonaviy asboblar va jihozlar bilan almashtirish;
laboratoriya ishi mavzusini tanlashda, talabalarning ma’ruzadagiga nisbatan qiyin mavzu va bo'limlarni chuqur o'rganishlari va nazariyani amaliyotga tatbiq etish malakalarini egallashlarini maqsad qilib, mutaxassislik yo‘nalishini hisobga olish;

Download 157.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling