Fizika fanidan qo’llanma!


Download 227.5 Kb.
bet2/16
Sana02.01.2022
Hajmi227.5 Kb.
#184612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Fizika

Kinematika

  1. Harakat yo’nalishini va tezkorligini harakterlovchi fizik kattalik tezlik deyiladi

  2. Oniy tezlik deb harakatning ko’rilayotgan vaqt momentidagi yoki harakat trayektoriyasining ko’rilayotgan nuqtasidagi tezligiga aytiladi

  3. To’g’ri chiziqli tekis harakatning tezligi bir vaqtda oniy ham o’rtacha tezlikdir

  4. Bronetransporter yo’lning to’g’ri chiziqli qismida notekis harakatlanmoqda bunda tezlik vektorining kattaligi o’zgaradi yo’nalishi esa o’zgarmaydi

  5. Tinch holatda va to’g’ri chiziqli tekis harakat qilganda jism tezlanishga ega bo’lmaydi

  6. Tezlik va tezlanishning yo’nalishi qarama – qarshi bo’lsa bu tekis sekinlashuvcha harakat bo’ladi

  7. Tezlik va tezlanisgning yo’nalishi bir xil bo’lsa bu tekis tezlanuvchan harakat bo’ladi

  8. Tezlik bilan tezlanish o’zaro tik ( perpendikulyar) bo’lsa aylanma harakat bo’ladi

  9. Avtomobil dvigateli parragining harakat trayektoriyasi avtomobil bilan bog’liq sanoq sistemasida aylana yerr bilan bo’g’langan sanoq sistemasiga nisbatan parmasimon shaklda bo’ladi

  10. Jism tinch holatda va to’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlanishga ega bo’lmaydi

  11. to’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining moduli tekis ortib yo’nalishi o’zgarmas bo’ladi

  12. To’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining moduli va yo’nalishi o’zgarmas saqlanadiu

  13. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish ortib a>o holda moduli va yo’nalishi o’zgarmaydi

  14. tekis o’zgaruvchan harakatda oniy tezlikni hisoblash uchun tezlanish harakatlanish vaqti va boshlashlang’ich tezlik berilishi lozim

  15. notekis harakatda tezlanish vektori va moduli o’zgarib turadi

  16. Egri chiziqli tekis harakatda tezlik moduli o’zgarmaydi

  17. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish aylana radiusi bo’ylab markazga yo’nalgan bo’ladi

  18. Egri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining yo’nalishi harakat yo’nalishiga o’tkazilgan urinma bo’yicha bo’ladi

  19. Aylana bo’ylab tekis harakatda a = 0 a≠ 0

  20. Velosipedchi o’z soyasini quvib o’tishi mumkin agar soya tushayotgan devor velosipedchi harakatiga parallel bo’lib yorug’lik manbai velosipedchi tezligidan kattaroq tezlik bilan harakat qilsa

  21. To’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvcha harakatda tezlik vektorining moduli tekis kamayib yo’nalishi o’zgarmaydi

  22. Jism qanday tezlik bilan yuqoriga otilsa shunday tezlik bilan pastga tushai ( vakuumda)

  23. gorizontga qiya ( burchak ostida) otilgan jismning tezlanishi g va u pastga yo’nalgan bo’ladi

  24. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning tezlanishi trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida g va u pestga yo’nalgan bo’ladi

  25. Har qanday harakatda jismning siljishi tezlik grafigi va vaqt o’qi bilan chegaralangan soha sathiga teng

  26. Havosi so’rib olingan nayda metal tanga , po’kak, va qush pati tezlanishlar bir xil

  27. Havosi so’rib olingan nayda hamma jismlarning tezlanishlar bir xil bo’ladi

  28. Vagon oynasidan tushib ketgan buyum hamma hollarda yerga bir vaqtda tushadi

  29. Birin - ketin tashlangan jismlar erkin tushishida ular orasidagi masofa ortadi

  30. Yuqoriga tik otilgan jism to’g’ri chiziqli tekis sekinlashuvchan harakat qiladi

  31. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning trayektoriyasi parabola bo’ladi

  32. 1

  33. 45˚ burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish balandligidan 4 marta katta bo’ladi

  34. Shamol shrni olib ketayotganda shar ustidagi bayroqcha hilpiramaydi



Download 227.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling