Fizika fanidan qo’llanma!


Suyuqlik va Gazlar mehanikasi


Download 227.5 Kb.
bet5/16
Sana02.01.2022
Hajmi227.5 Kb.
#184612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Fizika

Suyuqlik va Gazlar mehanikasi

  1. Arhimed Qonuni: suyuqlikka butunlay botirilkan jismni itarib chiqaruvchi kuch bu jism hajmiga teng hajmli suyuqlik og’irligiga teng

  2. Arhimed kuchi suyuqlik zichligining jism hajmi va erkin tushish tezlanishining ko’paytmasiga teng

  3. Turli chuqurliklarda arximed kuchi bir xil bo’ladi

  4. Arximed kuchi pastdan yuqoriga yo’nalgan

  5. Suvli idishda muz bo’lagi suzmoqda agar suv ustidan kerosin quyilsa muz bo’lagining suvga botish chuqurligi kamayadi

  6. Idishdagi suvda suzayotgan qutichaga teshiklar orqali suv kirdi va quticha suvga chuqurroq botdi lekin suzishda davom etadi Bunda idishdagi suv sathi o’zgarmaydi

  7. Suyuqlik sirtida suzib yurgan jismga ta’sir qilayotgan arximed kuchi suzib yurgan jismning og’irligiga teng

  8. Radiuslari teng bo’lgan sharlarga bir xil arximed kuchi ta’sir qiladi

  9. Chelak suvga t’la cho’kib turganda uni ushlab turish yengilroq

  10. Simobli shisha idish simobda cho’kmaydi , suvli shisha idish suvda cho’kadi

  11. Suvli idishda tubiga ip yordamida po’lat shar osilgan temir quticha suzganda ip uzilganda suv sathi pasayadi

  12. Silindrik idishda idish tubiga bosim kuchi yon sirtiga bosim kuchiga teng h=r bo’ladi

  13. Mayda toshlar yuklangan qayiqcha vannada suzib yurganda undan bir nechta tosh olib vannaga tashlasak undagi suv sathi pasayadi

  14. Noto’g’ri: agar tutash idish tirsaklariga zichliklari teng bo’lmagan suyuqliklar quyilsa turli tirsaklardagi suyuqlik ustunlari hosil qilgan bosim ham teng bo’lmaydi

  15. Suyuqlik zichligini o’lchochi asbob ariometr deyiladi

  16. Kosmik kemada aneroid borometr yordamida bosimni o’lchash mumkin

  17. Suyuqlikda suzib yurgan jism o’zining og’irligicha suvni siqib chiqaradi

  18. Suvda suzib yurgan muzning ichida suvda cho’kadigan jism bo’lsa muz eriganda suv sathi kamayadi . Suvda suzib yurgan muzning ichida suvda cho’kmaydigan jism bo’lsa muz eriganda suv sathi o’zgarmaydi

  19. Vaznsizlik holatida itarib chiqaruvchi kuch nolga teng bo’ladi

  20. Erigan qalay vaznsizlikda shar shaklida bo’ladi

  21. Erkin tushayotgan idishdan suv oqib tushmaydi

  22. Idish tubiga beradigan gidrostatik bosim idishdagi suyuqlik zichligiga va suyuqlik ustunining balandligiga bog’liq

  23. Suyuqlikda jismning hajmi bir xil bo’lsa arximed kuchi ham bir xil bo’ladi

  24. Liftda tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilganda suyuqlikning bosimi ortadi

  25. Plastrlin bo’lagiga qanday shalk berilishidan qatiy qat’iy nazar suvda ko’tarilish ( siqib chiqarish) kuchlari bir hil bo’ladi

  26. Paskal qonuni : Yopiq idishdagi suyuqlik yoki gazga tashqi kuchlar ostida berilayotgan bosim(shu kuchlar yordamida) barcha yo’nalish bo’yicha bir xil bo’ladi (uzatiladi)

  27. Bernuli qonuni: Trubaning suyuqlik oqimining tezligi kichik bo’lgan kesimlarida suyuqlikning devorlarga bosimi katta bo’ladi va aksincha tezligi katta bo’lgan kesimlarida suyuqlikning devorlariga bosimi kichik bo’ladi

  28. Samolyot shamolga qarshi harakatlanganda ko’tarilish osonroq

  29. Samolyot qanotining ko’tarilish kuchi Bernuli qonuni asosida tushuntiriladi


Download 227.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling