Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
Qurilmaning tavsifi. Difraksion manzarani kuzatish va difraktsion burchaklarini o`lchash uchun goniometr qo’llaniladi. Goniometr og’ir taglikka o`rnatilgan stolcha, o`zgaruvchan uzunlikli kollimator va ko’rish trubalaridan iborat, kolimatorning bir uchida tirqish, ikkinchi uchida linza o`rnatilgan. Tirkish linzaning fokal tekisligida joylashgan bo`lsa, tirqish oldiga qo`yilgan manbadan kelayotgan nurlar kollimatordan parallel dasta bo`lib chiqadi. Stolchaning o`rtasiga kollimator o`qiga perpendikulyar qilib difraksion panjara mahkamlanadi. Stolchaning o`zi gradusli aylana shkalaga ega (aylana uzunligi bo`yicha 360 bo`limga bo`lingan) bo`lgan limbdan iboratdir. Ko`rish trubasi okulyariniing fokal tekisligida vizirli qora chiziq chizilgan va u stolchaning markazi orqali o`tuvchi vertikal o`q atrofida aylana oladi. Ko`rish trubasiga limb bo`yicha ko`chib yuruvchi nonius o`rnatilgan. Nonius yordamida burchaklar 5' aniqlik bilan o`lchanadi. Qurilmaning optik sxemasi va nurlarning yo`nalishi 1-rasmda ko`rsatilgan. S – kollimator tirqishi L 1 - kollimator linz as i D - difraksion panjara L 2 - o`rish trubasining ob`ektivi. Kollimator linzasi L 1 dan chiqqan parallel yorug`lik nurlari dastasining panjara D dan o`tishi natijasida L 2 linzaning fokal tekisligida markaziy maksimumga nisbatan simmetrik ravishda joylashgan spektrlar qatorlari hosil bo`ladi. Markaziy (0 - nchi) maksimum manbaning ( S tirqishning) shakli va rangini qayta tiklaydi. Spektrlarning har bir chizig`i - bu S tirqishning monoxromatik tasviridir. Berilgan qurilmada okulyarning ko`rish maydonida difraksion manzaraning faqat bir qismini kuzatish mumkin. To`liq manzarani kuzatish uchun ko`rish trubasini asta-sekin goniometrning vertikal o`qi atrofida burish kerak. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling