Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
O` l ch a sh l a r .
Optik taglikda bir-xil balandlikda yoritgich, vertical tirqish, yorug`lik filtri, biprizma va okulyarli mikrometr o`rnatiladi. Biprizma tirqishdan 30-70 sm masofada sindiruvchi qirrasi vertikal vaziyatda o`rnatiladi. Balandlik bo`yicha sistemani markazlashtirish uchun tirqish keng ochiladi va yorug`lik dog`ining vaziyati okulyarli mikrometr oldiga qo`yilgan oq qog`oz yordamida kuzatiladi. Yoritgich va okulyarli mikrometrini yuqori - pastga va chap - o`ng tomonga siljitish bilan yorug`lik dog`ining markazi okulyarlar shkalasining markaziga keltiriladi. Tirqish toraytiriladi va tirqish bilan biprizma optik o`q atrofida ozgina buralib, tirqish va biprizmaning qirrasi bir- biriga parallel qilib o`rnatiladi. Bu holda okulyar orqali kuzatiluvchi interferension manzara juda aniq bo`ladi. Okulyarli mikrometrning shkalasi yordomida qo`shni qora po losalarning markazlari orasidagi Δx masofa (interferension polosaning kengligi) aniqlanadi. o`lchashlar aniqroq bo`lishi uchun bir-biridan o`zoqroq to`ruvchi qora orasidagi masofani o`lchab, bu masofani shu polosalar orasidagi yorug` polosalar soniga bo`lish kerak. O`lchashlar bir necha marta o`tkazilib natijalar yoziladi. So`ngra mavhum S 1 va S 2 kogerent manbalar orasidagi 𝙙 masofa aniqlanadi.Bu maqsadda optik taglikka biprizma bilan okulyarli mikrometr orasiga fokus oralig`i tax minan 15 - 25 sm bo`lgan yig`uvchi linza o`rnatiladi. Bu linza S 1 va S 2 mavhum manbalarning haqiqiy tasvirlarini hosil qiladi. Linzani siljitib,tirqishning ikkala tasviri okulyarli mikrometrda aniq ko`rinadigan vaziyatga keltiriladi.Okulyar mikrometrning shkalasidan tirqishning tasvirlari orasidag 𝙙1 masofa o`lchanadi. 𝙙 masofani aniqlash uchun linzaning kattalashtirishi formulasidan foydalaniladi : (2 ) Rasmda 0-M. - okulyarli mikrometr α - tirqishdan linzagacha bo`lgan masofa. β - linzadan O. M. gacha bo`lgan masofa. α va β- masofalar lineyka bilan o`lchanadi. (2) - formuladan 𝙙 ni hisoblab, 𝙙 , Δ𝗑 va l= α+β ning qiymatlarini (I) - formulaga qo`yib, yorug`likning to`lqin uzunligi 𝛌- hisoblanadi. Biprizmani 5-10 sm siljiitib hamma o`lchashlar takrorlanadi va 𝛌 ning o`rtacha qiymati hisoblanadi . NAZORAT SAVOLLAR . 1. Interferensiya hodisasini ta`riflang va tushuntiring. 2. Optik yo`llar farqi nima? Maksimum va minimum shartlarini tushuntiring.. 3. Kogerent manbalar hosil qilish usullarini tushuntiring. 4. Interferension polosa kengligini ifodalovchi formulani keltirib chiqaring. Adabiyotlar / I,2,3,6,10, I4/. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling