Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
bo`lsa: = yoki (I) Agar birinchi manbaning yorug`lik kuchi ma'lum bo`lsa, r
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasining tavsifi.
bo`lsa:
= yoki (I) Agar birinchi manbaning yorug`lik kuchi ma'lum bo`lsa, r 1 va r 2 masofalarni o’lchab, (I) formula yordamida ikkinchi manbaning yorug’ lik kuchini hisoblash mumkin. Kerakli asboblar: optik taglik, Lyummer-Brodxun fotometri, etalon lampa,tekshiriladigan cho`g’lanma lampalar,gradusli limb. Tajriba qurilmasining tavsifi. Vizual fotometr o’lchashlarning o’tkazish uchun qurilmada Lyummer- Brodxun fotometri qo`llaniladi. Fotometr santimetrli bo’limlari bo’lgan optik taglik bo`yicha harakatlanadi. Shu taglikning o’zida maxsus sirpanuvchi tirgaklarda ikkita (etalon va tekshiriluvchi) lampa vertical o’rnatiladi. Lampalarni vertical o’q atrofida aylantirish mumkin. Tekshiriluvchi lampani aylantirish burchagini o’lchash uchun tirgakka gradusli limb berkitilad i. Lvummer- Brodxun fotometrinipg optik sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan. Uning asosiy elementi o’zaro birlashtirib qo`yilgan to’g’ri burchakli ikkita shisha prizmadan tuzilgan kubchadir. Prizmalardan birining tegishadigan yog`i chekkalaridan shunday yo`nib olinganki, prizmalarning bir-biriga tegib turishi faqat sirtlarning o`rta qismidagi αb elliptik sohadagina amalga oshadi. Shu sohada prizmalar shunchalik yaxshi silliqlanib bir-biriga jipslantirilganki, natijada ular orasida optikaviy kontakt hosil bo`ladi, ya`ni o`zini xuddi tutash shaffof jismdek tutadi. Demak, yorug`lik bu kontakt orqali qaytmay va sinmay o`tadi. Shisha uchun chegaraviy burchak 45° dan kichik, shu sababli optikaviy kontakt sohasidan tashqarida nurlar har ikkala prizma ichida to`la ichki qaytishga duch keladi va qo`shni prizmaga o`tmaydi. Taqqoslanayotgan S 1 va S 2 yorug`lik manbalari shaffofmas P plastinkaning ikki tomoniga o`rnatiladi. Bu plastinka o`ziga tushayotgan yorug`likni diffuz ravishda (hamma yo`nalishlar bo`yicha bir tekis) sochadi.Sochilgan yorug`likning bir qisma birday P 1 va P 2 sochuvchi plastinkalarga tushadi. Bu plastinkalar orasiga yorug`likni yutuvchi shaffofmas ekran E o`rnatilgan. SHuning uchun P 1 plastinkaga faqat S 1 manbadan va plastinkaga faqat S 2 manbadan yorug`lik tushadi. P 1 va P 2 dan qaytgan yorug`lik dastalari kubchaga tushadi. Kubchadan linzaga tushayotgan yorug`lik dastasining o`rta qismi P 1 dan kelayotgan nurlardan iborat, chetki qismi esa P 2 dan kelayotgan nurlardan iborat. Natijada linza ortidagi ko`zga shunday 2 ta konsentrik taqqoslanuvchi sohalar ko`rinadiki, bu sohalarning ravshanliklari P 1 va P 2 plastinkalarning yoritilganligiga proporsional bo`ladi. P plastinka ikkala tomondan bir xil yoritilganda taqqoslanuvchi sohalar orasidagi chegara yo`qoladi. Yorug`lik manbalari bilan P plastinka orasidagi r 1 va r 2 masofalarni tanlash yo`li bilan bir xil yoritilganlikka erishish mumkin. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling