Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Tajribani bajarish tartibi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
Tajribani bajarish tartibi.
Buyum bilan ekranni bir-biridan L>4F masofada joylashtirib ular orasiga linza qo`yiladi. Linzani optik taglik bo`yicha chap va o`ng tomonga surib, buyumning aniq tasviri, masalan, kattalashgan tasviri hosil qilinadi va linzaning bu (I) xolati belgilanadi yoqi yozib olinadi. So`ngra linzani silljitib buyumning kichraygan tasviri hosil, qilinadi va linzaning bu (II) xolatidan belgilangan oldingi xolatigacha bo`lgan masofa o`lchanadi. O`lchangan va L masofalarni (4) formulag a qo`yib linzaning fokus oralig`i F hisoblanadi. masofani o`z gartirib tajriba bir necha marta takrorlanadi. O`lchangan va hisoblangan qiymatlar jadvalga yoziladi. №= F ΔF Mashq - 2. Sochuvchi linzaning bosh fokus oralig`ini aniqlash. I-usul. Fokus oralig`ini linza bilan buyum va linza bilan tasvir orasidagi masofalarga qarab aniqlash. Sochuvchi linza bilan ekranda buyumning xaqiqiy tasvirini hosil qilish uchun unga yig`uvchi linza yordamida yig`iluvchi yorug`lik dastasini yuborish kerak. Bunda oldingi mashqda ishlatilgan yig`uvchi linzadan foydalanish qulaydir. Agar A nuqtadan chiqayotgan nurlar yo`liga yig`uvchi linza B ni qo`ysak, nurlar linzadan o`tgandan so`ng D nuqtada tuplanib, A nuqtadagi buyumning (to`rning) tasvirini beradi.Agar B linza bilan D nuqta orasiga sochuvchi C linzani qo`ysak (CD masofani sochuvchi linzaning fokus oralig`idan kam qilib), unda nurlarning C linzada sinishi natijasida A buyumning tasviri B linzadan o`zoqlashib E nuqtaga ko`chadi.(rasm 2). Rasm 2. Linzalar sistemalarida nurlar qaytuvchanlik xossasiga ega. Ya`ni nurlar bir tomonga qaysi yo`l bilan o`tgan bo`lsa, teskari yo`nalishda ham xuddi shu yo`l bilan tarqaladi. Bu xossaga asosan nurlarni E nuqtadan tarqalayotir deb qarashimiz mumkin. Unda D nuqta bu nurlarning sochuvchi C linzada sinishi natijasida hosil bo`lgan E nuqtaning mavhum tasviri bo`ladi. CD masofani -f bilan, CD masofani - f bilan belgilab, C sochuvchi linzaning fokus masofasi (2) formula yordamida hisoblanadi. Bu mashqda d va f masofalar C linzadan E nuqtadan chiqayotgan nurlarga qarama-qarshi yo`nalishdà o`lchanadi, shuning uchun ularning son qiymatlari manfiy ishora bilan olinishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling