Fizika matematika fakulteti fizika yo’nalishi 203-guruh talabasi


II. ASOSIY QISM. 2.1. Fizikani o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Download 1.68 Mb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1412951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdilazizov Asadbek

II. ASOSIY QISM.

2.1. Fizikani o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.


XXI–asrning xarakterli belgilari to‘g‘risida gapirilganda “axborot asri”, “axborotlashgan jamiyat” kabi atamalar ayniqsa tez-tez ishlatilmoqda. Axborotlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis olimlarning fikriga ko‘ra dunyo hamjamiyatchiligi axborotlashgan jamiyat shakllanishining dastlabki bosqichida turibdi va bunday shakllanish jarayoni jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.
Axborotlashgan jamiyatda endi hal qiluvchi rolni axborot va ilmiy bilimlar o‘ynaydi. Shuning uchun odamlarni shakllanib kelayotgan, ijtimoiy nuqtai nazardan o‘ziga xos sharoit va muhitda, unga monand holda yashashga tayyorlash masala va muammolarini hozirdanoq hal qila borish taqozo etiladi.
Dunyo hamjamiyatchiligini axborot asriga kirib kelishida ta’limning oldidagi asosiy vazifalardan biri keng o‘quvchilar ommasini axborot bilan ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantrishdan iborat bo‘ladi.
Axborot madaniyati – bu kishining kundalik hayoti va faoliyatida axborot texnologiyalarining barcha turlaridan tegishlicha foydalana olish ko‘nikma va malakasidir. Binobarin ta’lim oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot bilan ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirib borishdek dolzarb vazifa turadi. Bu o‘rinda o‘qituvchi toboro maslahatchiga, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonini boshqaruvchisiga aylana borishi, shuningdek uning axborot egasi va tarqatuvchisi sifatidagi funktsiyalari endi yangi axborot texnologiyalari zimmasiga yuklana borishi munosabati bilan asosiy masala, bilimlar va axborot olamiga kirish, bu olamning resurslaridan qanday qilib foydalanish va ularni o‘zlashtirish masalasi bo‘lib qoladi.
Respublikamizda yuqorida izohlab o‘tilgan muammo va masalalarni ishlab chiqishni iqtisodiy, huquqiy-me’yoriy, tashkiliy jihatdan ta’minlashning asoslari yaratilgan. Bu o‘rinda quyidagi hujjatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

      1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF- 3080- sonli Farmoni;

      2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 200- sonli qarori;

      3. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;

      4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117- sonli Qarori;

      5. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2004 yil 12 oktyabrda qabul qilingan “Ta’lim muassasalarini yagona axborot makoniga integratsiyasini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda zamonaviy maktabni jihozlash KONTSEPTSIYASI”;

      6. O‘zbekiston Respublikasining Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” hamda “Umumta’lim maktablariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” Loyihalari;

      7. O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini axborotlashtirish” Loyihasi;

      8. Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 3- avgustdagi “2006-2007 o‘quv yilini “Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o‘quv yili” deb nomlash to‘g‘risida”gi 6/5 sonli buyrug‘i.

Fizikani o‘qitishda AKTdan foydalanish masalasini qaraylik. Maktab fizika fani o‘quv dasturiga ko‘ra 6-9 sinflarda fizikaning nazariy masalalari bilan bir qatorda frontal ravishda bajariladigan 142 ta ko‘rgazma-namoyish tajribalarini amalga oshirish hamda laboratoriya mashg‘ulotlarida 28 ta laboratoriya ishni bajarish nazarda tutiladi. Maktab fizika fani o‘quv kursini o‘zlashtirishda fizika fanining mazmuni va uning xususiyatlari bilan belgilanadigan o‘qitish metodikasi, fizikadan tayyorlanadigan didaktik materiallarni tabiatdagi fizik jarayonlarni adekvat ifodalay olishi, barcha fizik jarayonlar mohiyatini tajriba va laboratoriya mashg‘ulotlari yordamida ko‘rsatib namoyish etish va tajriba natijalarini umumlashtirish, fizikadan masalar yechishdagi hisob-kitob ishlarining murakkabligi, umuman mikro va makrodunyodagi fizik jarayonlar haqidagi tasavvurlarni o‘quvchi ongida to‘g‘ri akslantirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar mavjud. Ya’ni, masalan:
Ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan fizik mikro, makro jarayonlarni, xususan o‘ta katta yoki o‘ta kichik tezliklarda sodir bo‘luvchi jarayonlar to‘g‘risidagi mavzularni o‘qitishda modellashtirishga asoslangan jonli, dinamik, harakatli va animatsion namoyishni o‘qitishning an’anaviy – “qog‘oz texnologiyalari”ga asoslanib amalga oshirishning qiyinligi;
Laboratoriya sharoitida namoyish qilish imkoniyati bo‘lmagan tajribalarni o‘z ichiga oluvchi mavzularni o‘qitishda og‘zaki bayonga tayanish, bu bilan o‘quvchlarning tasavvurini yetarli darajada shakllantiraolmaslik;
Ba’zi fizik jarayonlarni namoyish etuvchi yuqori darajadagi aniqlikni talab qiladigan, texnik va texnologik jihatdan murakkab uskunalarning maktab sharoitida qo‘llashning imkoniyati yo‘qligi va buning oqibatida o‘quvchilarda tegishli bilim va tasavvurlarni shakllantiraolmaslik;
Maktab fizika fani dasturiga ko‘ra dars davomida namoyish etilishi nazarda tutilgan (142 ta) frontal ko‘rgazma-namoyish tajribalarini o‘tkazish metodikasini, ularni o‘tkazishning tashkiliy-pedagogik asoslarini ishlab chiqilmaganligi, qolaversa ularning barchasini o‘tkazish uchun imkoniyatni chegaralanganligi;
Ba’zi mavzularni tushuntirish va o‘zlashtirish o‘quvchilarning matematikadan yosh davrlari bo‘yicha egallagan bilimlariga mos bo‘lmagan murakkab matematik hisob- kitob, matematik apparatni talab qilishi;
An’anaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalarining strukturaviy tuzilishida, ularning dizaynida o‘quvchilarni faollikka undovchi, ularning o‘quv motivlarini kuchaytiruvchi omillarning bo‘shligi;
Binobarin e’tibor o‘qitishning qanday texnologiyalari, qanday usul va vositalarini qo‘llaganda, qanday imkoniyatlarni ishga solganda ushbu muammolarni bartaraf etish mumkinligiga va bu orqali o‘qitishda samaradorlikka erishishga qaratilishi kerak.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari tahlil qilinsa, fizikani o‘qitishdagi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni hal qilishda AKT imkoniyatlaridan foydalanish foydali, qolaversa, zarur va kerakligini ko‘rish mumkin.
Fizikadan darsning turli bosqichlarida AKTni qo‘llash, xar hil ta’limiy (o‘quv) maqsadlarga erishishning samarali vositasi bo‘lib qoladi. Chunonchi, masalan:

  1. yangi materialni tushuntirishda multimedia proektori yordamida ekranga tushiriladigan interaktiv illyustratsiya;

  2. o‘quvchilar tomonidan dars paytida kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv materialini mustaqil o‘rganish jarayonida, bunda o‘qituvchi tomonidan masalaning shartlari berilishi nazarda tutiladi;

  3. kompyuterli modellashtirishni yoki kompyuter modellashtirish bilan real eksperimentni birgalikda muvofiqlashgan holda qo‘llash bilan laboratoriya ishlari ko‘rinishidagi tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilishda. SHuni ta’kidlash joizki, real laboratoriya ishlariga nisbatan kompyuterni qo‘llab bajariladigan ishlarda o‘quvchilar eksperimentni mustaqil planlashtirishda, ularni o‘tkazishda va natijalarini tahlil qilishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Yana shuni ko‘rsatib o‘tish mumkinki, b’zi laboratoriya ishlarini, masalan, o‘zgaruvchan tok bilan o‘tkaziladigan ishlarni bajarilishiga texnika xavfsizligi nuqtai nazaridan qattiq cheklovlar qo‘yilgani holda, kompyuterli ekspermentda bunday cheklovlar bo‘lmaydi;

  4. bilim va malakalarni o‘zlashtirish jarayonida qaytarish, mustahkamlashda;

  5. uyda sharoit (kompyuter) bo‘lganda, eksperimentlarni, tegishli o‘quv kompyuter dasturlarini ishlatgan holda bajarish.

Fizika darslarini AKTni qo‘llab o‘qitish, ayniqsa fizika kursining “eksperimental” qismini to‘ldirishning yaxshigina imkonlariga ega bo‘lib, dars samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bunda o‘rganilayotgan voqeani eng asosiy jihatlarini ayrib ko‘rsatish, ikkinchi darajali fktorlarni ayrib tashlash, qonuniyatlarni aniqlash, parametrlarni takroran o‘zgartirgan holda eksperimentni hohlagancha qayta-qayta o‘tkazish, natijalarni saqlab turish va kerak yoki qulay bo‘lgan paytda ularga yana qaytish mumkin.
Bunday eksperimentlar u yoki bu qonun, hodisa, jarayonning kompyuterli modeli asosida (bo‘yicha) o‘tkaziladi. Bunday modellar bilan ishlash o‘quvchilarni nafaqat eksperimentlarni kuzatuvchisi, balki ularni faol ishtirokchisiga aylantirib, o‘quvchilarga o‘qish-o‘rganishning juda keng imkoniyatlarini ochadi.
Ko‘pchilik interaktiv modellarda eksperimentlarning boshlang‘ich paramerlari va shartlarini juda keng doirada o‘zgartirishning variantlari, vaqt masshtablarini o‘zgartirish, real eksperimentlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan situatsiyalarni modellashtirish nazarda tutiladi.
Yana bir ijobiy xususiyat shundan iboratki, kompyuter, real eksperimentda ko‘rsatib bo‘lmaydigan tabiatdagi real hodisani emas, balki bu hodisaning soddalashtirilgan nazariy modelini ko‘rsatish imkonini beradiki, bunda qaralayotgan hodisaning asosiy qonuniyatlarini tezgina va effektiv ravishda aniqlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘quvchi eksperimentni borishini kuzatishi bilan bir qatorda tegishli grafikaviy bog‘liklikni ham kuzatib borishi mumkin bo‘ladi. Hodisalarni modellashtirishdan olingan natijalarni grafik ravishda tasvirlash o‘quvchilarning hosil bo‘layotgan katta hajmdagi informatsiyalarni o‘zlashtirishlarini yengillashtiradi.
Quyida kompyuterli modellashtirishdan foydalanish strukturasi keltiriladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling