Fizika texnika fakulteti


Pozitron em ission tomografiya


Download 118.57 Kb.
bet6/11
Sana19.06.2023
Hajmi118.57 Kb.
#1602345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IBROHIMOVA ODINA YADRO FIZIKASINING TIBBIYOTDA QO\'

2.1. Pozitron em ission tomografiya

Hozirgi kunda tibbiyotning turli sohalarida keng qo’lanilayotgan metod bu pozitron emission tomografiya hisoblanib, bu metod qisqa yashovchi radio’zotoplami qo’lashga asoslangan. Pozitron emission tomografiya (PET) ikki fotonli emission tomografiya ham deyiladi. Bu metodda inson va hayvonlaming ichki a’zolarini radionuklidli tomografiya yordamida о‘rganiladi.


1933-yil da nemis biokimyogari Varburg (Otto Genrix Varburg) xavfli shish (o‘sma) yuqori darajada glukoza iste’mol qilishini (ehtiyoji) aniqladi. 1977-yilda olimlar kalamush miyasida xavfli shishning glukozaga bo’gan ehtiyojini o‘rganishda uglerod radioaktiv izotopi yordamida dezoksiglukozasining mahalliy tarqalish darajasini o’chashni o‘rganishdi. Ushbu tajriba 1979-yilda insonlarda o tkazilgan. Bunda radioaktiv ftor l8F izotopining ftorodezoksiglukozasidan foydalanilgan. Ftorodezoksiglukoza bu - glukozaning analogi hisoblanadi. U glukozadan farq qilib, uning metabolizimi tez tugallanadi va mahsulotlari birik173 malarga to‘planadi. Radioaktiv ftor-18 izotopi (yarim parchalanish davri 109,8 miri) parchalanadi va o‘zidan pozitronlar chiqaradi. Bu bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari positron-emission tomografiya metodining yaratilishiga asos bo’di.
Pozitron-emission tomografiya - bu onkologik, kardiologik va nevrologik kasalliklarga erta tashxis qo‘yishning aniq va zamonaviy usuli bo’ib qolmoqda (4.2-rasm).
Pozitron-emission tomografiya quyidagi sohalarda qo’laniladi:
1. Onkologiyada: saraton kasalligini tashxislashda, metastazaga tashxis qo ‘yishda, saratonni samarali davoshni nazorat qilishda;
2. Kardiologiyada: yurakning ishemik kasaliigida, aortokoronar shuntlashdan oldin;
3. Nevrologiyada: parishonxotir skieroz va boshqa kasalliklarda;
4. Psixiatriya va gerontologiyada: Alsgeymer kasaliigida.

2.1.1-rasm. Pozitron-emission tomografiyaning umumiy ko'rinishi.
Radionuklidlami elektron tezlatkichlar yordamida olish yo‘llari ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda tormozlanish nurlanishlari ishlatiladi.
Pozitron-emission tomografiya usuli hujayra darajasida modda almashinuvi haqida axborot olishga imkon beradi.
Hozirgi kunda pozitron emission tomografiyada qo‘llanilayotgan radionuklidlar asosan siklotronda olinadi. Elektron tezlatkichlarda va siklotronlarda olinayotgan radionuklidlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plandi va ular 4.9 va 4.10-jadvallarda berildi.

2.1.1-jadval. Pozitron-emission tomografiyada qo‘llanilayotgan radionuklidlami elektron tezlatkichlar yordamida olish.

2.1.1-jadval lektron tezlatkichda olinayotgan radionuklidar va ulami hosil qiladigan fotoyadro reaksiyalar keltirilgan. Shuningdek, bu jadvalda hozirgi kunda radionuklidlami olishda qo‘llanilayotgan asosiy fotoyadro reaksiyalari ko‘rsati!gan. Bu jadvalga qo‘shimcha olishi mumkin bo‘lgan fotoyadro reaksiyalarni ham kiritdik, ular intensivligi katta bo‘lgan elektron tezlatkichlarda amalga oshishi mumkin.



2.1.2-jadval. Siklotron yordamida olinadigan radionuklidlar

2.1.2-jadval siklotronda olinayotgan radionuklidlar va ularni hosil qiluvchi yadro reaksiyalari keltirilgan.





Download 118.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling