O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNVERSITETI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
“Fizika” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
G‘ufronova Dilafro‘zning
Nozchiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasi fanidan
“Parametrik rezonans” mavzusida
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: __________________
Farg‘ona-2023
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
Adiabatik invariantlar.
Krilov-Bogolyubov uslubi bilan tuzish.
Parametrik rezonans.
Tez tebranib o’zgaruvchi maydondagi harakat.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Rezonans (lotincha: resono — „aks-sado beraman“, „javob beraman“) — tebranish (elektr, mexanik) konturida majburiy tebranish amplitudasi eng yuqori (maksimum) qiymatga yetganda sodir boʻladigan hodisa. Masalan, tizimning barcha parametrlari oʻzgarmas va bu tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch davri sinusoidal boʻlsa, yaʼni tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch chastotasiga mos kelsa, rezonans hodisasi roʻy beradi. Rezonansning foydali va zararli tomonlari bor (Masalan, radiotexnikada foydali boʻlsa, inshootlarda zararli).
Rezonans fizikada koʻp uchraydi (toʻlqinlar rezonansi, kuchlanish rezonansi, toklar rezonansi). Tebranish konturida tok kuchi faza jihatdan tashqi elektr yurituvchi kuchga teng kelib qolgan hollarda ham rezonans roʻy beradi.
Rezonans aksariyat tabiatda kuzatiladi. Barcha inshootlar, binolar va mashinalar oʻz xususiy tebranishlariga ega. Shuning uchun tabiatda yuz beradigan davriy tashqi taʼsirlar ularda rezonansni paydo qilishi mumkin. Masalan, koʻprik ustidan poyezd oʻtganda yuz beradigan davriy zarb (silkinish) kuchlari taʼsirida rezonans paydo boʻladi. Rezonans hodisasi koʻprik, poydevor, mashinalarga zararli taʼsir qiladi, hatto ularni buzib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun rezonansga qarshi maxsus tadbirlar koʻriladi, zarblarni yumshatkichlar, amortizatorlardan foydalaniladi. Radiotexnikada rezonans radiostansiyaning bir xil (zarur) signallarini boshqa (xalaqit) signallaridan ajratib olishga imkon beradi.
Ko’pgina mexanik sistemalarda harakat chiziqli bo’lmagan tenglamalar yordamida ifodalanadi. Biz o’tgan temada ana shunday tebranishdan – angarmonik tebranishlarni ko’rgan edik. Odatda bunday tenglamalar chiziqli ko’rinishga keltirilganda ularni tekshrish ancha osonlashadi, ammo bu holda chiziqli bo’lmagan tebranishga xos ko’pgina xusisiyatlar yuqolib ketadi shuning uchun bu tenglamani yechishda bir qancha taqribiy usullar taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |