Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning
Download 0.55 Mb.
|
Qudratillayeva Iroda
Maykelson-Morli tajribalarining salbiy natijali bo‘lib chiqishi keng va keskin ilmiy munozaralarga sabab bo‘lgan. Maykelson tajribasini efir nazariyasidan voz kechmay turib tushuntirishga turlicha urinib ko‘rilgan. Masalan, yorug‘likning tezligi yorug‘lik manbai tezligiga bog‘liq bo‘lib, u manba tezligi va manba harakatsiz deb faraz qilinganda yorug‘likning efirdagi tezligining yig‘indisiga teng bo‘lsa kerak degan gipoteza aytilgan. Bu gipoteza Maykelson tajribasini tushuntira olgan bo‘lsa-da, Dopler hodisasining mavjudligi bilan va yerdan tashqaridagi manbalarni kuzatishdagi xulosalar bilan kelisha olmagan. Nihoyat eng so‘ngi vaqtda (1956 y.) A.M.Bonch-Bruevich va V.A.Molchanov tomonidan bajarilgan Quyosh diskining turli chetlaridan chiqqan yorug‘likning tezligini bevosita o‘lchash natijalarining ko‘rsatishicha, yorug‘lik tezligi manba (xususiy holda o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi Quyosh) tezligiga bog‘liq emas ekan. Shunday qilib, tajribaning salbiy natijalari XIX asrning oxirlarida ko‘pgina fiziklarni jiddiy o‘ylashga majbur qildi. Hamma tushuntirishga urinishlar bekor ketdi. Yer sirtida efir tezligi nolga teng degan fikrlar ham bo‘ldi. Unda havo sharlariga efirni ta’siri sezilarli bo‘lishi lozim degan urinishlar ham muvoffaqiyatsiz bo‘ldi. Bundan tashqari ikkala gipoteza ham «yulduzlar yorug‘ligi aberratsiyasi» kuzatilishiga teskari edi.Maykelson tajribasi natijalarini izohlab berish uchun bir tomondan Fitsjerald, ikkinchi tomondan Lorensning o‘zi (1892 yil) nihoyat darajada asosiy bo‘lgan boshqa bir farazni taklif qildilar. Harakat natijasida barcha jismlarning chiziqli o‘lchamlari tezlik yo‘nalishida nisbatda qisqaradi (kontraksion gipoteza) deb faraz qilindi:Lorensning tushuntirishicha bunday kamayishga efirga elektrik tabiatga ega bo‘lgan moddadagi molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchining ta’sir etishi tufaylidir. Fitsjerald-Lorens nazariyalari yetarli darajada ma’qul edi, lekin bu nazariyalar ancha universial bo‘lgan Albert Eynshteyn tomonidan taklif etilgan maxsus nisbiylik nazariyasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling