Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning


XVII asrning boshlaridayoq Bredlinning aniqlashicha yil davomida kuzatilganda yulduzlar unchalik katta bo‘lmagan ellipsni harakterlaydi


Download 0.55 Mb.
bet7/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1502139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Qudratillayeva Iroda

XVII asrning boshlaridayoq Bredlinning aniqlashicha yil davomida kuzatilganda yulduzlar unchalik katta bo‘lmagan ellipsni harakterlaydi.

Agar Yer efiriga nisbatan harakatlansa bu xodisani tushuntirish mumkin. Buning uchun teleskopni kuzatiladigan yulduzga to‘g‘ri joylashtirmasdan qandaydir burchak ostida joylashtirish lozim.

Vertikalga nisbatan teleskop qarshisida turgan yulduz burchak ostida ko‘rinadi. Biz bilamizki, Yer aylanadi shuning uchun ham kuzatuvchiga yulduz aylanma orbita bo‘ylab harakatlanayotgandek tuyuladi. Agar s - yorug‘lik tezligi - Yerning tezligi desak:

bo‘ladi. desak, teng bo‘ladi, bu tajribaga yaqin. Bu tushuntirishdan efirni Yer harakatida (va uning atmosferasida hech qanday ishtirok etmasligi) ochiq ko‘rinmaydi.

Harakatsiz efir tushunchasi

Lorens efir mutlaqo harakatsiz va moddiy muhitlar harakatida ishtirok etmaydi, degan farazga asoslandi. Elektrodinamika (va optika) uchun nisbiylik prinsipi yaramaydi deb o‘yladi.

Harakatlanayotgan muhitlarning Lorens yaratgan elektrodinamikasi (va optikasi) Lorensning umumiy elektroniy nazariyasining bir qismidir; elektroniy nazariyaga muvofiq, moddaning barcha elektromagnitik xossalari harakatsiz efirda elektr zaryadlarining taqsimlanishi va harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bir inersial sistemadan ikkinchisiga o‘tishda koordinatalarni almashtirish formulalari sifatida Galiley formulalari o‘zgartirilmagan, biroq Lorens nazariyasi nisbiylik prinsipini tan olmagani uchun Lorens elektrodinamikasining tenglamalari bu almashtirishlarga nisbatan invariant emas. Lorens nazariyasi oldinga qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi va nazariy jihatdan ancha qiyin bo‘lgan ko‘p masalalarni yechdi. Optik hodisalarga nisbatan bu nazariya Frenel nazariyasiga mos tushadi va u ham yorug‘lik to‘lqinlarining qisman ergashishi to‘g‘risidagi tasavvurga olib keladi. Lorens nazariyasiga muvofiq, moddaning harakati molekulalar va ularga bog‘liq zaryadlarning harakatsiz efirdagi harakatidan iborat.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling