Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning


Asosiy qism I bob. Harakatlanuvchi muhit tushunchasi


Download 0.55 Mb.
bet2/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1502139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qudratillayeva Iroda

Asosiy qism

I bob. Harakatlanuvchi muhit tushunchasi

XIX asrning oxirlariga kelib fizika sohasida mukammal va jiddiy nazariyalar va yutuqlar juda ko‘p edi.

Bu nazariyalar o‘zlarining yaratilishlariga asos bo‘lgan hodisalarni to‘la miqdoriy tushuntirdilar va bir nechta differensial tenglamalarda ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirdilar, lekin ko‘p o‘tmay bu nazariyalarning qo‘llanish doirasi juda keng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan ilgari elektromagnetizm bilan aloqador bo‘lmagan butunlay mustaqil fizikaviy fan bo‘lgan optika qonunlarini elektromagnit maydon nazariyasi asosida keltirib chiqarishga erishildi. Lekin klassik mexanika mikrozarralar harakati va o‘zaro ta’sirini tavsiflay olmadi. Xuddi shuningdek Maksvell nazariyasi elektromagnit maydon va modda atomlari orasidagi energiya almashinuvi bilan bog‘lik bo‘lgan hodisalarni tushuntirishda ojizlik qildi.

XX asrning dastlabki 10 yilliklarida Nyuton mexanikasi va Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi boshqa masalalarni ham hal qilishga qodir emasligi ayon bo‘ldi.

Yadro ichida ta’sir etuvchi juda kichik ta’sir radiusiga ega bo‘lgan o‘ta intensiv kuchlar (tortishish)ning mavjudligi ko‘rsatildi. Bu kuchlar elektromagnit kuchlarga ham, gravitatsiya kuchlariga ham o‘xshamasdi. Taxminan shu davrda tajribalar asosida yorug‘lik tezligi yerning harakatiga bog‘liq emas ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, XIX asr oxirida fizika deb ataladigan muhtasham binoning bitishiga faqatgina ba’zi sayqal berishlargina yetishmaydi deb hisoblanardi. Lekin bunday sayqal berishlar bu bino asosini tashkil qiluvchi asosiy qonunlar obrusiga soya tashladi.

Haqiqatda hodisalar rivojlanishi oddiy emas edi. Bu muammolar XX-asrning boshlariga kelib ikkita yangi revolyutsion nazariyalar, nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyasini yaratilishi bilan yechildi va bizni tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirib yubordi.

Fizika XIX asrning, oxirigacha qanday ko‘rinishda ma’lum bo‘lsa, shunday ko‘rinishda mumtoz fizika deb atash qabul qilindi. Fandagi revolyutsiyalar hisobiga XX asrning boshida paydo bo‘lgan yangi fizika zamonaviy fizika deb ataladigan bo‘ldi. Zamonaviy fizikaning asoschilari M.Plank va A.Eynshteynlardir. Bu bo‘limda 1905 yilda A.Eynshteyn asos solgan maxsus nisbiylik nazariyasi va yorug‘lik tushunchalariga to‘xtalamiz va asosan harakatdagi muhitlar optikasini tushinishga harakat qilamiz.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling