Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning


Harakatsiz efir tushunchasi


Download 0.55 Mb.
bet4/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1502139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qudratillayeva Iroda

1.1 Harakatsiz efir tushunchasi

Efirni harakatsiz yoki harakatlanuvchi muhit deb faraz qilinishi asosida harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasini yaratishga ko‘p urinishlar bo‘ldi. Bir-biriga mutlaqo qarama – qarshi bo‘lgan turli nuqtai nazarlar bir-biridan keskin farqlanuvchi muhim nazariyalarda: Gers elektrodinamikasi va Lorens elektrodinamikasida o‘zining to‘la ifodasini topdi. Ikkala elektrodinamika ham barcha elektromagnitik va optik jarayonlarni butun fazoni to‘ldirgan dunyoviy efirda yuz beradi deb hisoblaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasining asosiy masalasi jismlar harakatining efirga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risidagi masala edi. Bu masalani faqat tajribagina hal qila olardi. Aniqrog‘i, efir va harakatlanayotgan moddaning o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi muayan tasavvurlarga asoslanib, harakatlanayotgan muhitlardagi hodisalar nazariyasini yaratish va uni tajribada tekshirib ko‘rish lozim edi.

Ergashuvchi efir tushunchasi. Gers moddiy jismlar harakatlanayotganda efirni butunlay ergashtirib ketadi, degan mulohazaga asoslangan nazariya yaratdi. Shunday qilib, harakatlanayotgan muhitdagi optik hodisalar shu muhit bilan birga (undan orqada qolmasdan) harakatlanayotgan efirda yuz beradi, binobarin, harakatlanayotgan muhitlardagi hodisalar ustida o‘tkazilgan kuzatishlar bu harakatni aniqlash imkonini bermaydi. Bu nazariyaning xulosalari qator tajriba natijalariga, jumladan Fizo tajribalari natijalariga butunlay zid ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Efirning mavjudligi haqidagi gipoteza, efir xususiyatlarini va uning odatdagi jismlar bilan o‘zaro ta’sir qilish xarakterini aniqroq o‘rganishga bag‘ishlagan tajribalarning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Avvalo shaffof jismlar harakatlanganlarida o‘zlari bilan birga o‘z ichlaridagi efirni ham ergashtirib ketadimi yoki yo‘qmi, - degan savol tug‘ilgan. Bu savolga 1851 yilda Fizo tomonidan qilingan tajriba javob berishi kerak edi. Fizo tajribasi bilan batafsilroq tanishsak. Tajriba sxemasi 9.1-rasmda keltirilgan. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, bu tajriba interferension tajriba bo‘lib suvda yorug‘lik tarqalayotganda unga suv harakatini ta’siri tekshirilgan.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling