Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning


Demak, efirning harakatlanayotgan jismlarga to‘liq ergashishi haqidagi tasavvurga asoslangan Gers nazariyasi optik va elektrodinamik tajribalarga to‘g‘ri kelmaydi


Download 0.55 Mb.
bet6/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1502139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qudratillayeva Iroda

Demak, efirning harakatlanayotgan jismlarga to‘liq ergashishi haqidagi tasavvurga asoslangan Gers nazariyasi optik va elektrodinamik tajribalarga to‘g‘ri kelmaydi.

Yorug‘lik abberatsiyasi

Yorug‘likni izchil ravishda to‘lqiniy protsess deb qarab, yorug‘lik abrratsiyasi hodisasini tekshirganda ham Yer harakatining optik hodisalarga ko‘rsatadigan ta’siri masalasi paydo bo‘ladi.

Agar Gers faraz qilganidek, harakatlanayotgan Yer efirni to‘liq ergashtirsa, aberratsiya sababini izohlab bo‘lmaydi, chunki yorug‘lik to‘lqinlari truba bilan bir vaqtda harakatlanayotgan efir bilan birga ko‘chadi, truba tinch turganda yulduzga qaratilgan S0 yo‘nalish truba harakat qilganidagi S yo‘nalish bilan ustma-ust tushadi. Bu aytilgan gap 9.2.-a rasmda yaqqol tasvirlangan, rasm ravshan bo‘lishi uchun unda truba o‘rniga vizir moslamasi chizilgan, to‘lqin fronti MN orqali truba ichiga kirib, truba bilan birga harakatlana boshlaydi va trubaning tezligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘q bo‘ylab tarqaladi.

Agar o‘zi bilan trubani ergashtirib ketadigan Yer harakatlanayotganida efir qo‘zg‘almaydi, deb faraz qilsak, u holda yorug‘lik to‘lqinlari qo‘zg‘almas efirda o‘z yo‘lini davom ettirib, jilgan trubadan orqada qoladi.

а) б)

2-rasm. Yorug‘lik aberratsiyasi va Yer harakatlanishida efirning ergashishi haqidagi masala: а - Yer ergashtiruvchi efir, aberratsiya yo‘q; б - efir harakatsiz, aberratsiya bor:


Truba o‘qining yulduzga to‘g‘rilanganicha qolishi uchun uni og‘dirib turish kerak; bu og‘ish burchagi trubaning tezligiga va bilan yulduzga qaratilgan yo‘nalish orasidagi burchakka bog‘liq. Tezlik qadar o‘zgarganida trubaning og‘maligi burchak qadar o‘zgarishi kerak, demak aberratsiya burchagi bo‘ladi, bundagi s-yorug‘liknning truba bo‘ylab yo‘nalgan tezligi (bo‘shliqda yoki havoda) bo‘lganda aberratsiya burchagi juda kichik bo‘ladi ( ).


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling