Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning
Download 0.55 Mb.
|
Qudratillayeva Iroda
Bu muammoni tekshirishda yorug‘lik manbai va yorug‘likni qayd qiluvchi asboblarning yorug‘lik tarqalayotgan muhitga nisbatan harakatini aniqlab bo‘ladimi yoki manba bilan qayd qiluvchi asbobning bir-biriga nisbatan harakatinigina aniqlab bo‘ladimi, degan savolga beriladigan javob muhim ahamiyatga ega. Bu masala harakatlanayotgan muhitlar optikasining (va elektrodinamikasining) umumiy masalasidir. Bu masala katta prinsipial ahamiyatga ega, chunki ko‘pchilik tajribalarimiz Yer ustidagi laboratoriyalarda, ya’ni boshqa samoviy jismlarga nisbatan harakatlanayotgan sistemada o‘tkaziladi. Bu faktning kuzatilayotgan hodisalar kechishiga ta’sir qilish-qilmasligini va ta’sir qilsa, bu ta’sirning qanday bo‘lishini bilish muhimdir.Fizika qonunlari, jumladan Nyuton mexanikasi qonunlari va xususan inersiya qonuni tekshirilayotgan hodisalarning qanday real sharoitda kechayotgani aniq ma’lum bo‘lgandagina, binobarin, bu hodisalarning qanday sanoq sistemasiganisbatan yuz berayotganligi ko‘rsatilgandagina muayan ma’noga ega bo‘lishini bilamiz.Faqat bir-biriga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan sanoq sistemalaridagi harakat qonunlari bir xil ifodalanadi. Bu sistemalar inersial sanoq sistemalar deb yuritiladi.Demak, mexanika qonunlari barcha inersial sistemalarida bir xil ifodalanadi va bu qonunlarning ifodasi inersial sistemalarga nisbatan tezlanma harakat qilayotgan sanoq sistemalari uchun boshqacha bo‘ladi.Mexanik jarayonlar ustida o‘tkazilgan kuzatishlar cheksiz ko‘p inersial sistemalar ichida absolyut fazoni ajratib olish imkonini bermaydi. Bu holat klassik mexanikaning nisbiylik prinsipi degan nom oldi Binobarin, Nyutonning muhitlar mexanikasi nisbiylik prinsipiga muvofiqlashtirib qurilgan.Koordinatalarni almashtirish formulalari xususida shuni aytish kerakki, Galiley formulalari mutlaqo ravshan va tajribaga muvofiq keladigan bo‘lib ko‘rinar edi. Shuning uchunharakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasini ko‘rishda ham bu formulalar to‘g‘ri deb (tahlil qilmay) ishlatiladi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling