Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning
Download 0.55 Mb.
|
Qudratillayeva Iroda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Maykelsonning interferension tajribasi
Lorens-Frenel nazariyasiga muvofiq, harakatsiz deb faraz qilingan efirga nisbatan Yerning harakatini bunday tajribalar yordamida aniqlash mumkin, ammo bunda tajribalar ikkinchi tartibli kattaliklarni (1 ga nisbatan 2 ni) hisobga olishimkonini beradigan aniqlikda bajarilishi, ya’ni taxminan 10-8 tartibdagi aniqlikda bo‘lishi lozim.Biz aytib o‘tgandek, agar kerakli o‘lchamlar dan kichik xato bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lsa, Dopler hodisasi, Lorens nazariyasi nuqtai nazaridan, sistemalarning efirdagi absolyut harakatini topishga xizmat qila olar edi.1.2 Maykelsonning interferension tajribasiMaykelsonning interferension tajribasi ana shunday aniqlikda o‘tkazilgan real tajriba bo‘lib, bu tajriba aslida yorug‘likning Yer harakati yo‘nalishida va unga tik yo‘nalishda tarqalish tezliklarini aniqlashdan iborat. Tajriba 9.4-rasmdagi sxema bo‘yicha bajariladi, bunda Maykelson interferometri uning bir yelkasi Yer harakati yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladigan va ikkinchi yelkasi bu yo‘nalishga tik bo‘ladigan qilib o‘rnatiladi. Butun asbob 900 burilganda interferension manzara o‘zgarishi kerak, bu o‘zgarish Yer harakatining interferension tajribaga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risida hukm chiqarishga va efirdagi bu harakatning absolyut tezligini hisoblashga imkon beradi.Asbobning sxemasi 9.4-rasmda ko‘rsatilgan. S manbadan chiqqan nur tushuvchi nur yo‘nalishi bilan 45 li burchak hosil qilib o‘rnashgan chala kumushlangan A plastinkaga tushadi; Bu plastinka nurni o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda ketuvchi ikki nurga ajratadi. АM va АM nurlar M va M kuzgulardan qaytib A ga keladi, u yerda ikki shu’laning har biri yana ikkiga ajralib ketadi. Yorug‘likning bir qismi manbaga qaytib keladi, ikkinchi qismi esa S( yo‘nalishda ketadi va u yerda interferensiya hosil bo‘ladi. Interferension manzara ikkala shu’laning yurish yo‘llari farqlari bilan belgilanadi. Agar АM va АM miqdorlar geometrik teng bo‘lsa, unda ikki shu’laning yurish yo‘llar farqi, АM= АM=l masofani turli muddatda o‘tish hisobiga paydo bo‘ladi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling