Fizika” yo’nalishi 202- guruh talabasi Qudratillayeva Irodaning
Download 0.55 Mb.
|
Qudratillayeva Iroda
1-rasmS manbadan kelayotgan yorug‘lik yarim tiniq plastinka 1 yordamida ikkiga ajratiladi: bir qismi 1,2,3,4,1 yo‘larni o‘tib ko‘rish trubasiga T tushadi. Ikkinchi qismi ham 1,4,3,2,1 yo‘larni o‘tib ko‘rish trubasiga tushadi. Natijada dastalarning interferensiyasi yuzaga keladi (tinch suvda). Keyin ko‘rsatilgan sterelka bo‘yicha suvni oqishga majburlaydi. Natijada nurlarning biri suv oqishi yo‘nalishida, ikkinchisi esa oqimga teskari yo‘nalishda tarqaladi. Kuzatuvchi interferension manzarani kuzatadi, o‘zgarish yorug‘likni suvdagi tezligini muxokama qilishga olib keladi. Tajribaning ko‘rsatishicha bu tezlik quyidagiga teng:(9.1)Bu yerda n-suvning sindirish ko‘rsatkichi, -suvni oqish tezligi. Efir gipotezasi nuqtai nazaridan efir suvga qisman ergashadi, agar efir to‘la ergashganda ikkinchi qo‘shiluvchi ga teng bo‘lar edi, agar umuman ergashmaganda nolga teng bo‘lar edi.Bunday tushuntirish aberratsiya hodisasi natijalariga teskari. Yuqorida aytganimizdek Fizo tinch va oqayotgan suvlarda interferension manzaralarni hosil qilgan va bu ikki holda ham interferension yo‘llarining siljishini o‘lchagan. Bu siljish vositasida fazalar farqini va demak, efirning ergashish koeffitsiyentini aniqlash imkoniyati tug‘ilgan, Fizo tajribalarining ko‘rsatishicha, koeffitsiyent:(9.2)formula bilan ifodalanadi, bunda n- cuvning sindirish ko‘rsatkichi.Shunday qilib, interferension kuzatishlar yordamida faraziy efirning harakatlanuvchi moddaga qisman ergashishligi, binobarin, ( «ergashish koeffitsiyenti» moddaning sindirish ko‘rsatkichiga bog‘liqligi, sindirish koeffitsenti 1 ga teng moddalarga efirning ergashmasligi kerakligi aniqlangan.Fizo tajribalarining natijalari Yerning «absolyut» harakatini aniqlashga imkon bergandek ko‘rinadi. Haqiqatan, atmosferaning n sindirish ko‘rsatkichi 1 ga yaqin bo‘lgani uchun, atmosfera efirni sezilarli darajada ergashtira olmaydi.Suv uchun Fizo o‘z tajribalarida interferension polosalarning siljishini va bu siljish ga mos kelishini topdi. 1886 yilda Fizo tajribasini takrorlagan Maykelson va Morleylarning yanada aniq o‘lchashlaridan ekanligi topildi. Gers nazariyasida esa tajribaga zid bo‘lgan qiymat topiladi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling