Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Нафас олиш турларининг физиологияси
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 155.Нафас йўлларининг физиологияси,вазифаси, идора килиниши. Ламинар, турбулент нафас;
154. Нафас олиш турларининг физиологияси Nafas - murakkab jarayonlar yig'indisi bo'lib, organizmni kislorod bilan ta’minlab karbonat angidridini chiqarishdan iborat.Barcha tirik mavjudotlar hayot faoliyati davomida energiya sarflab turadi. Energiya esa energiyaga boy moddalarning fermentativ parchalanishi natijasida hosil bo'ladi. Sarflangan energiya o'mini toidirib turish kerak. Bu esa murakkab jarayon, biologik oksidlanish hisobiga sodir bo'ladi va energiya ajralishi bilan kechadi. Oksidlanish jarayonida kislorod ishtirok etsa - aerob, kislorodsiz ketsa-anaerob nafas olish deb ataladi. Barcha umurtqali hayvonlar uchun xos holat aerob nafas olishdir. Bu jarayon hujayralar mitoxondriyalarida kechadi.Inson va o'pka tipida nafas oluvchi hayvonlarda nafas quyidagi jarayonlami o'z ichiga oladi: 1. Tashqi nafas (tashqi muhit bilan o'pka alveolalari orasida havo almashinuvi); 2.0'pkada gazlar almashinuvi (o'pka alveolalari bilan kichik qon aylanish doirasi o'rtasida gaz almashinuvi);3. Gazlaming qonda tashilishi; 4. qon bilan to'qima orasida gazlar almashinuvi; 5 To'qima nafasi (hujayra mitoxondriyalaridagi biologik oksidlanish). 155.Нафас йўлларининг физиологияси,вазифаси, идора килиниши. Ламинар, турбулент нафас; Burun bo‘shlig‘i, burun yo`llari, hiqildoq, kekirdak, bronxlar va bronxiolalar havo yo`llarini tashkil qiladi. Bu tuzilmalarda gazlar almashinuvi sodir bo`lmasa ham (shu sababdan ularni zararli bo‘shliq deyishadi), ular nafasda muhim vazifani bajaradi. Avvalo atmosfera havosi nafas yo`llari orqali alveolalarga yetib boradi va shu yoidan chiqib ketadi. Bundan tashqari, havo u yerdan o‘tayotganda changdan tozalanadi, iliydi va namlanadi. Nafasga olingan havoning tozalanishi burun bo‘shlig‘idan boshlanadi. Shilliq pardani qoplagan shilimshiq kichik zarrachalarni, bakteriyalarni o‘ziga yopishtirib, tutib qoladi. Nafas yo`llarin qoplagan epitelial hujayralarning apikal yuzasida ritmik harakat qiluvchi kiprikchalar bor. Shularning harakati tufayli shilimshiq chang zarrachalari bilan halqum tomonga suriladi va tashqariga chiqarib tashlanadi. Nafas yo`llariga havo bilan kirgan kattaroq zarrachalar ularni ta‘sirlab, yo‘tal yoki aksirish paydo qiladi. Odam aksirganda yoki yo‘talganda o‘pkadan katta bosimda chiqayotgan havo ularni tashqariga olib chiqadi. Markaziy Osiyo shroitida, ayniqsa yoz oylarida atmosfera havosida suv miqdori juda oz, havo juda quruq bo`ladi. Bu sharoitda nafasga olingan havoning nafas yo`llaridan o‘tayotganda namlanishi muhim ahamiyatga ega. Havo nafas yollarining oxiriga (bronxiolalarga) yetguncha bug‘ga 100% to‘yinadi. Bu esa alveolalarning devorini qurib ketishdan saqlaydi. Tashqi muhit harorati sovuq bo`lganda havo nafas yo`llaridan o‘tar ekan, ilishi mumkin. Nafas olish davomiyligi havoni alveolalargacha yetib borguncha tana haroratigacha ilitish uchun kifoya qiladi. Nafasdan chiqqan havoning harorati 370 C bo`ladi. Hiqildoqda joylashgan tovush boylamlari nafas yo`llarini ikki qismga – yuqori va pastki nafas yo`llariga bo`ladi. Boylamlardan tepadagi yuqori nafas yo`llari (halqum, og‘iz va burun bo‘shliqlari) rezonator sifatida tovush chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Hiqildoq va o‘pkadan chiqayotgan havo ta‘sirida tebranayotgan tovush boylamlari odamning nutq apparatini tashkil qiladi. Kichik bronxlar va bronxiolalar devorida halqasimon silliq muskul qavati yaxshi rivojlangan. Bu muskul tolalar faoliyatini simpatik va parasimpatik nervlar boshqaradi. Parasimpatik nervlar qo‘zg‘alganda bronxlarning muskullari qisqarib, teshigi torayadi. Simpatik nervlar ta‘sirlanganda, bu muskullar bo‘shashadi va bronnxlar kengayadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling