«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


SOMATOSTATINNING TA’SIR MEXANIZMI


Download 452.12 Kb.
bet39/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

SOMATOSTATINNING TA’SIR MEXANIZMI.


Somatostatin o’sish gormoni chiqaradigan gormon gipotalamusning sekretsiyasini va o’sish gormoni va qalqonsimon bezovta qiluvchi gormon gipofiz bezining oldingi bo’lagining sekretsiyasini bajaradi. Bundan tashqari ,u oshqozonda ,ichakda,jigarda va oshqozon osti bezida ishlab chiqariladigan turli xil gormonlar faol peptidlar va serotoninning sekretsiyasini inhibe qiladi. Xususan ,u insulin,glyukagon,gastrin,xolisistokinin ,vazoaktiv ichak peptide,
insulinga o’xshash o’sish omili-1 sekretsiyasini pasaytiradi. Somatostatinning funksiyasi 7 ta transmembran domeniga ega G-oqsil bilan bog’langan retseptorlai oilasiga mansub kamida 6 xil retseptorlari subtiplari ‘sst1,sst2A,sst2B,sst3,sst4,sst5’ tomonidan vositachilik qiladi.
Ushbu retseptorlar ,sst2 bundan mustasno, turli xil genlar tomonidan kodlangan,sst2A, va sst2B esa bir xil genni biriktiruvchi variantlari. Somatostatin retseptorlari ikki guruhga
bo’linadi-SRIF1 VA SRIF –klassik oktopeptid va somatostatinning geksapeptid analoglari bilan bog’lanish asosida ammo SRIF2 retseptorlari emas.


  1. BUYRAK USTI BEZINIG FIZIOLOGIYASI.


Buyrak usti bezi mag’iz va po’stloq moddalardan iborat bo’lib, ular butunlay boshqa – boshqa gormon ajratadi va strukturasi, funksiyalari bo’yicha farq qiladigan turli ichki sekretsiya bezlaridan iborat.buyrak usti bezining mag’iz moddasi embriogenetik jihatdan


simpatik nerv tizimi hujayralari bilan qarindosh bo’lgan xromaffin hujayralaridan iboratdir.
Bu hujayralar xrom ikki oksidli kaliy bilan sarig’ jigar rangga bo’yalishidan shunday
nomlangan. Xromoffin hujayralari buyrak usti bezining mag’iz moddasidan tashqari aorta bo’ylab,umumiy uyqu arteriyasining ikkiga bo’lingan joyida ,kichik chanoqdagi simpatik
tugunlar hujayralari orasida ,ba’zan chegara stvoli simpatik gangliyalari ichida ham uchraydi. Bu hujayralarning xammasi adrenalin va unga yaqin fiziologik faol moddalar ishlab chiqaradi, shuning uchun ular adrenal tizimga birlashtirilgan. Simpatik neyronlardan farq qilgan holda buyrak usti bezi mag’iz qavati hujayralari ko’proq noradrenalin emas adrenalin ishlab
chiqaradi va sekretni glanularda yig’ib , nerv impulsi kelishi bilan gormonni darhol qonga chiqaradi. Odamning ko’p sonli endokrin kasalliklari orasida buyrak usti bezining mag’iz moddasi gipofunksiyasi bilan bog’liq kasalliklar uchramaydi. Bu xromoffin hujayralarining organizimda ancha keng va tarqoq holda joylashganligi va mag’iz modda ajratadigan adrenalin yana simpatik nervlarning uchlarida ham ajratilishi sabablidir.Tajribada ikkala buyrak usti bezining mag’iz moddasi olib tashlansa hayvon har-xil ekstremal ta’sirlarga nisbatan chidamsiz bo’lib qoladi. Buyrak usti bezining mag’iz moddasi adrenalin va noradrenalin nomli gormonlar ishlab chiqaradi. Adrenalin tirozin aminokislotasidan hosil
qilinadi. Noradrenalin simpatik nerv tolalari uchidan ajraladigan mediator hamdir. Adrenalin va noradrenalin fiziologik ta’sirlari bo’yicha juda yaqin bo’lib , birgalikda katexolaminlar deb yuritiladi. Ular monoaminoksidaza fermenti ishtirokida parchalanadi. Katexolaminning xromaffin hujayralar tomonidan sekretsiyalanib, qonga chiqarilishida albatta kalsiy ionlari va kalmodulin oqsili ishtirok etadi. Adrenalin organizimdagi ko’pgina funksiyalar,jumladan
hujayra ichidagi modda almashinuvi jarayonlarini boshqarishda qatnashadi. U glikogenning parchalanishini kuchaytirib , uning jigar va muskullardagi zaxirasini kamaytiradi. Adrenalin tasirida muskullarda glikogenoliz kuchayadi,uzum va sut kislatalari oksidlanadi. Jigarda esa glikogen glyukozaga parchalanadi, glyukoza qonga o’tadi va qondagi glyukoza miqdori oshadi. Arenalin yurak qisqarishlarini kuchaytiradi va tezlashtiradi, miokardda qo’zg’alishlar o’tkazilishini yaxshilaydi. Adrenalin teri,qorin a’zolari va tinch holdagi skelet muskullaridagi kapillyarlarni toraytiradi. Ishlayotgan muskullarda tomirlar adrenalin tasirida toraymaydi aksincha kengayadi. Organizimga adrenalin yuborilganda skelet muskullarining ish qobiliyati oshadi. Adrenalin ta’sirida retseptorlar , jumladan ko’ruv ,eshituv vestebulyar apparat
retseptorlarining qo’zg’aluvchanligi oshadi,bu esa organizim tomonidan tashqi muhit
ta’sirotlarini qabul qilishni yaxshilaydi. Adrenalin MNT faoliyatini rag’batlantiradi. Uning
ta’sirida odamning diqqat-e’tibori, aqliy qobilyati oshadi. Tinch holatda buyrak usti bezidan adrenalin va noradrenalin ajralishi uncha ko’p emas,faqat simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda katexolaminlarning qondagi miqdori oshadi. Buni stress holatlarida yaqqol ko’rish mumkin .
Adrenalin me’da va ingichka ichak qisqarishlarini kuchsizlantiradi. Peristaltik va mayatniksimon qisqarishlar kamayadi yoki butunlay to’xtaydi. Me’da va ichaklar silliq
muskullari tonusi pasayadi. Bronxlar va ularning mayda tarmoqlarini kengaytiradi. Ko’zning kamalak pardasidagi radial muskulini qisqartirib,ko’z qorachig’ini kengaytiradi.
Noradrenalinni organizimga ta’siri adrenalin ta’siriga o’xshaydi,ammo butunlay bir xil emas. Buyrak bezi usti bezi po’stlog’ida uch zona ajratiladi; tashqi koptokchali,o’rta tutamli va ichki turli. Bezning po’stloq qismidan 50 ga yaqin kortokosteroidlar ajratib olingan, ammo ulardan faqat 8 tasi fiziologik faolikka ega. Buyrak usti bezi po’stlog’ining gormonlari 3 guruhga
bo’linadi;



  1. Mineralokortikoidlar-koptokchali zona hujayralari tomonidan ajratiladigan va mineral almshinuvi boshqaruvchi aldosteron va dezoksikortikosteron;

  2. Glyukokartikoidlar- tutamli zona tomonidan ajratiladigan va oqsillar ,karbonsuvlar va yog’lar almshinuviga ta’sir etuvchi gidrokartizon,kortizon va kortikosteron.




  1. Jinsiy gormonlar-androgenlar ,estrogenlar,progesteron turli zonada sekretsiyalanadi.




  1. Download 452.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling