Аdrenalin va noadrenalining tasir etish mexanizmi
Noradrenalin, arterenol, aminoetanol-pirokatexin — buyrak usti bezi miya moddasi gormoni; nerv sis-temasi mediatori (qarang Mediatorlar). Kimyoviy tuzilishiga koʻra, katexola-minlarga mansub. N. adrenalin analogi va organizmda uning oʻtmishdoshi hisoblanadi. U, asosan, simpatik nerv sistemasining (qarang Vegetativ nerv sistemasi) adrenergik neyronlaridan ajraladi va mediator vazifasini oʻtaydi. N.ning qondagi miqdori nerv sistemasi holatining (tonusi va reaktivligi) koʻrsatkichi boʻlishi mumkin. N. tibbiyot amaliyotida qon bosimi pasayganda, shok, qon yoʻqotish bilan bogʻliq holatlarda qoʻllanadi. N. sintez yoʻli bilan olinadi. [1]
Adrenalin (lot. ad – yonida va renalis – buyrakka oid), epinefrin, su-prarenin va unga yaqin turadigan birik-ma noradrenalin –voyaga yetgan sut emi-zuvchi hayvonlar buyrak usti bezi mag‘iz qavatining asosiy gormoni pirokatexin hosilasi. Uning 1-shakli fiziologik faol,
uglevodlar almashinuviga va qon aylanishi sistemasiga ta’sir qiladi. Tomirlarni toraytirib, qon
bosimini oshiradi, yurak muskullarini qo‘zg‘atadi va toj tomirlarda qon aylanishini yax- shilaydi. A. jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishini kuchayti-rib, qonda
glyukozami ko‘paytiradi. Shok, kollaps, bronxiol astma va boshqa kasalli-klarni davolashda qo‘llaniladi.
Glyukortikoidlarning tasir etish mexanizmi
Glyukokortikoidlar - odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining poʻstlogʻidan
chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra steroid. Gipofiz taʼsirida xolesterindan hosil boʻladi. Adrenokortikotrop garmon G. sekresiyasini oshiradi. Organizm hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar (qarang Stress, Adaptatsiyey sindrom) roʻy berganda G. koʻp ishlab chiqariladi. Asosiy G.: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikosteron. G. asosan uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, jigarda oqsillardan glikogen sintezlanishiga va glyukoza hosil boʻlishiga yordam beradi; yuqori molekulali yogʻ kislotalarining biosinteziga
toʻsqinlik qiladi. G. biriktiruvchi va limfa toʻqimalari faoliyatini susaytirib, turli yalligʻlanishlar rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. G. va ularning sintetik analoglari(gidrokortizon-atsetat,
prednizolon) tibbiyot va veterinariyada keng qoʻllaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |