Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


Kech qolish hisobiga tormozlanish


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

Kech qolish hisobiga tormozlanish. Itda mustaxkam so’lak ajratuvchi shartli refleks xosil qilgandan keyin shartli 
qo’zg’atuvchini shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustaxkamlashni ma’lum muddatga cho’zib qo’ysa, so’lak ajratish 
reaktsiyasi tobora kechika boshlaydi, oxir oqibatda shartli so’lak oqish cho’zilgan vaqtni tugashiga kelib 
boshlanadi. SHunday qilib shartli qo’zg’atuvchi dastlabida tormozlovchi, vaqt o’tishi bilan qo’zg’atuvchi ta’sir 
qiladi. Bu paradoksni qo’shimcha qo’zg’atuvchi «vaqt» qo’shilgani bilan izohlash mumkin. Kech qolish hisobiga 
tormozlanish muhit sharoitiga moslashishda muxim ahamiyatga ega. Masalan: O’tloqda yurgan quyon och bo’ri 
uchun shartli qo’zg’atuvchi hisoblanadi. Tajribasiz yosh bo’ri quyonni ko’rishi bilan unga tashlanadi va oradagi 
masofa kattaligi sababli quyon qochib ulguradi. Tajribali bo’ri pisib yotib quyonni iloji boricha unga 
yaqinlashishiga imkon berib, masofani yetib olish darajasiga yetgandagina quyonga tashlanadi. Kechikish hisobiga 
tormozlanish hayotiy tajriba asosida yosh ulg’aygan sari kuchayadi. 
101. Xotira mexanizmi va turlari
Hotira-markaziy nerv tizimining asosiy xossalaridan biri bo’lib, voqelikning esda olib qolinishi, esda saqlanishi va 
esga tushirilishidir. MNS ga tushgan axborotni esda olib qolish ikki xil: ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lishi mumkin. 
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish yana esga 
tushirish ixtiyorsiz hotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov

 +998 33 44 12345
hakida gap boradi. Ixtiyoriy esda olib qolish samaraliroq bo’ladi. Biologik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan 
axborotlar, qanday kuchga ega bo’lishidan qat’iy nazar, yaxshiroq esda olib qolinadi. Voqelikni esda olib qolish 
xotiraning markaziy bo’g’ini hisblanadi. 
Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da bo’lgan murakkab jarayonlar natijasidir. Xotiraning 
quyidagi turlari mavjud: naslga beriladigan (genetik) xotira, naslga berilmaydigan (individual) xotira, harakat 
xotirasi, obrazli, siymo xotirasi, (ob’ektning siymosi esga tushiriladi), Emotsional-hissiyot xotirasi (voqelik ma’lum 
bir his tuyg’uni chaqiradi), so’z mantiqiy xotira. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling